date

Avaz Oxun Obid Asomovning tanqidiga nima deb javob qaytardi?

Avaz Oxun Obid Asomovning tanqidiga nima deb javob qaytardi?

Obid Asomov shok.uz veb sahifasi jurnalistiga bergan intervyusida Avaz Oxunning hazillariga umuman kulmaganini ma’lum qilgan edi. Taniqli so‘z ustasining gaplariga qiziqchi Avaz Oxun qanday munosabat bildirishiga qiziqib san’atkor bilan bog‘landik.

Avaz Oxun Asomovning fikrlariga quyidagicha javob qaytardi, “Bilasizmi so‘z ustalarini, ya’ni hamkasblarimni kuldirish qiyin. Chunki ular latifalarimizni eshitib kamchilik va yutuqlarni tahlil qiladi.

Mazza qilib kulish uchun konsertga so‘z ustasi “mutaxassis” bo‘lib emas, tomoshabin bo‘lib tushish kerak. Shunda odam dam olib mazza qilib kuladi. Biz ham repetisiya jarayonida uncha-muncha hazillarimizga kulmaymiz. Sana’tkor hamkasbining gaplariga kulmasa-da, yuziga nomiga bo‘lsada tabassum yugirmasada shu erini boplabdi, topib gapiribdi deya tan berishi mumkin.

Umuman olganda tan olaman so‘z ustalarini kuldirish oson emas. Mana men yaqinda “Handalak”chilarning konsertiga tomoshabin sifatida tushdim va yaxshi madaniy hordiq chiqardim, yurakdan yayrab kuldim.”
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Madaniyat » Avaz Oxun Obid Asomovning tanqidiga nima deb javob qaytardi?