10:04 / 04.06.2023
308

«Mendirman» klipi AQSHda mukofot oldi

«Mendirman» klipi AQSHda mukofot oldi
Ayni kunlarda AQSHning Los-Anjeles shahrida «Cine Gear Expo 2023» texnologiya, ko‘ngilochar va media sanoati xalqaro ko‘rgazmasi bo‘lib o‘tmoqda. 1-4 iyun kunlari bo‘lib o‘tadigan mazkur tadbir kino va televideniye havaskorlari hamda professionallari uchun mo‘ljallangan bo‘lib, unda yangi texnologiyalar bilan tanishish, qisqa metrajli filmlarni tomosha qilish mumkin.
 
Quvonarlisi, 60 dan ortiq davlatdan kelgan ishtirokchilar orasida o‘zbekistonlik ijodkorlar ham. «9999» studiyasi Ozodbek Nazarbekovning «Mendirman» qo‘shig‘iga suratga olingan videoklipi bilan «Musiqiy va qisqa metrajli filmlar» nominatsiyada ishtirok etdi va "Eng yaxshi klip"deb e’lon qilindi. Rejissyorlar Nodir va Xurshid Sobirovlar tomonidan ishlangan ushbu klip mutaxassislar va tomoshabinlarda katta taassurot qoldirgan.
 
Ko‘rgazma ushbu sohadagi yangi texnologiyalar va ish uslublarini o‘rganish istagida bo‘lgan kino va televideniye sohasi mutaxassislari va havaskorlarini birlashtiradi. Tadbir soha yetakchilari bilan muloqot qilish, qiziqarli seminar va mahorat saboqlarida qatnashish, tanlovda ishtirok etayotgan filmlarni tomosha qilish, sovrin va mukofotlarni qo‘lga kiritish imkonini beradi.
 
Cine Gear Expo ko‘rgazmasida o‘z tajriba va bilimlarini tomoshabinlar bilan baham ko‘radigan soha yetakchilarining chiqishlari tashkil etiladi. Stiven Poster, Lourens Sher, Ava Berkovskiy va boshqlar shular jumlasidan. Ular kino va televideniye bilan bog‘liq turli mavzularni, masalan, yangi texnologiyalar, ish uslublari, ijodiy yondashuvlar, malaka oshirish va boshqa muhim mavzularni muhokama qilmoqda.
 
Filmlar tanlovi ko‘rgazmasining bir qismi bo‘lib, unda yangi texnologiyalar va ijodiy yondashuvlar yordamida suratga olingan qisqa metrajli filmlar namoyish etiladi. Tanlov uchta toifaga bo‘lingan: Reklama/musiqiy videolar, mustaqil qisqa metrajli filmlar va talabalar filmlari.
 
Filmlar soha mutaxassislaridan iborat hakamlar hay’ati tomonidan o‘ziga xoslik, syujet, rejissyorlik, kinematografiya va boshqalar kabi turli mezonlar bo‘yicha baholanadi. G‘oliblar Sony, Canon, Panasonic, Blackmagic Design va boshqa tanlov homiylari tomonidan mukofotlanadi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Madaniyat » «Mendirman» klipi AQSHda mukofot oldi