“Terminator” va “O‘zga sayyoralik” filmlari rejissori Jeyms Kemeron National Geographic kanalida Titanik haqidagi hujjatli filmni ko‘rib qolib, dunyodagi eng mashhur ofatlardan biri haqida kino suratga olishga qaror qiladi. Gigantomaniya (katta hajmli asarlar yaratish)ga moyil bo‘lgan va suv ostini suratga olishni yaxshi ko‘radigan rejissor cho‘kib ketgan kema tarixini qayta tiklashga alohida sinchkovlik bilan yondashadi.
Rejissor sovuqning inson organizmiga ta’sirini o‘rganish uchun laboratoriyada film finalidagi sahnani qayta yaratadi. Tajribada Leonardo Di Kaprio va Keyt Uinsletga o‘xshash professional kaskadyorlar ishtirok etadi. Ishtirokchilardan 35 gradusgacha “sovitilgan” suvda filmdagi qahramonlarning okeanga tushib ketganidan keyin qilgan harakatlarini takrorlashni so‘rashgan.
Tajriba shuni ko‘rsatadiki, Jek va Rouz singan eshikda birgalikda omon qolishmasdi. Agar Jek eshik ustiga chiqqanida, u ag‘darilgan va ular cho‘kib ketgan bo‘lardi, deb tushuntiradi Kemeron. Ammo jilet bo‘lganida Jekning hayotini saqlab qolish mumkinligini aytadi.
Biroq hayotda ham, kinoda ham mukammallik tarafdori bo‘lgan Kemeron filmida bir nechta xatolarga yo‘l qo‘ygan.
Layner joylashuvi
Rouzning qallig‘i Kaledon Xokli mashinadan tushayotgan kadrdayoq birinchi xatoni ko‘rish mumkin. Mashina derazasidan havoza (lesa) ko‘rinadi — bu filmni suratga olish uchun o‘rnatilgan laynerning tugallanmagan modelidan boshqa narsa emas.
Kulon
Hashamatli laynerdagi birinchi kechki ovqat paytida Rouz qallig‘i va onasining yonidagi stolda o‘tiradi. Egnida munchoqlar tikilgan ko‘ylak, bo‘ynida marjon ko‘rinadi. Keyingi sahnada — kemadan sakrashga qaror qilganida esa Rouz kema bo‘ylab yuguradi — o‘sha paytda uning bo‘ynidagi marjon yo‘q bo‘lib qolgan.
Portret
Bir guruh tadqiqotchilarning fikricha, okean tubidagi “Titanik” vayronalari orasidan topilgan qiz surati Jekning real hayotda chizganlariga to‘g‘ri kelmaydi.
Bolta
Rouz layner koridoridagi oyna ortida bolta turganini ko‘rib, Jekka yordam bermoqchi bo‘ladi. Qahramon oynani sindiradi, unda faqat bitta parcha qolgani ko‘rinib turadi. Keyingi kadrda u boltani olayotganda qandaydir tarzda himoya oynasining parchalari o‘z joyiga qaytib qoladi.
Tasma (podtyajka)
Rouz Kaledon Xoklining qo‘riqchisi tomonidan quvurga kishanlangan Jekni qutqarish uchun keladi. Qahramon, avvalgidek, oq rangli keng ko‘ylak va shim kiygan. U Rouzdan kishanlarni sindirish uchun avval shkafga bolta bilan urishni so‘raydi. Qahramon Jekka o‘girilganida esa shimining tasmalari g‘oyib bo‘ladi. Jek ularni o‘zi yechib ololmagani aniq.
“Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring