Mashhur hind aktrisasi Aishvariya Ray 2023-yilda 50 yoshga to‘ladi. Hindiston faxri bo‘lgan aktrisa ona bo‘lgach, kutilmaganda qattiq tanqidlarga duch keldi. Biroq u qiyinchiliklarni jasorat bilan yengdi va o‘zligiga sodiq qoldi.
Aishvariya kollejda o‘qib yurganidayoq modellik bilan shug‘ullanishni boshlagan. 1994-yilda u “Dunyo go‘zali” unvonini qo‘lga kiritgan. Albatta, bunday xarizmatik sohibjamol kino ijodkorlarning e’tiboridan chetda qolmaydi. Aktrisa tezda hind, keyin esa G‘arb kinosini zabt etadi. Uzoq vaqt davomida OAV hatto Rayni dunyodagi eng go‘zal ayol deb atagan.
2006-yilda Aishvariya mashhur hind aktyori Abhishek Bachchan bilan bir filmda ishtirok etadi. Kartina sabab ular o‘rtasida muhabbat paydo bo‘ladi va 2007-yilda sevishganlar turmush qurishadi.
2010-yilda yulduz to‘satdan kinodagi karyerasini yakunlashga qaror qiladi va 5 yillik ta’til oladi. 2011-yil boshida bunday qarorning sababi ma'lum bo‘ldi — juftlik farzand kutayotgandi. O‘shanda Aishvariya 38 yoshda edi.
Bunday vaziyatda ko‘plab ayollar kesarcha kesish amaliyotini afzal ko‘rishadi, ammo aktrisa farzandini tabiiy yo‘l bilan dunyoga keltirishni tanlaydi va hatto narkoz olishdan ham bosh tortadi. Qarindoshlaridan birining so‘zlariga ko‘ra, bu Rayning prinsipial qarori bo‘lgan.
16-noyabr kuni go‘zal Aaradhya tug‘iladi. Sobiq “Dunyo go‘zali”ning qizi tug‘ilganidan 5 oy o‘tib tushgan suratlari ijtimoiy tarmoqlarda shov-shuvga sabab bo‘ladi. Muxlislariga ularning kumiri sohibjamol qo‘g‘irchoq emas, balki tug‘uruqdan keyin endigina o‘ziga kelgan oddiy ayol ekanligi yangilik bo‘ladi.
Albatta, odamlarning vazniga qarab muomala qilish jirkanch ekanini aytib, aktrisani himoya qilganlar ham bo‘lgan. Ular orasida ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilari ham, mashhur dizaynerlar ham bor edi.
Ommaning bu darajadagi nafratiga chidash oson emasdi. Biroq Aishvariya har doim o‘z qoidalari bilan yashashi va stereotiplarga e'tibor bermasligi bilan tanilgan. Ehtimol, uning prinsiplarga sodiqligi va dunyoga ijobiy nuqtayi nazari unga bema’ni ta’na-dashnomlardan omon qolishga va onalikdan to‘liq zavqlanishga yordam bergandir.
Jamiyatning unga bo‘lgan munosabatidan tushkunlikka tushdimi yoki yo‘qmi, degan savolga aktrisa ishonch bilan shunday javob beradi:
“Men ona bo‘lganimda, bu dunyodagi eng ajoyib tuyg‘u edi. Ha, gormonal o‘zgarishlar yuz berdi, ammo bular arzimas narsalar. Buning uchun o‘zimni ayblamadim, hayotdan zavq oldim va Aaradhyaning dunyoga kelganidan xursand bo‘ldim. Hech kim menga qanday bo‘lishim va nima qilishim kerakligini o‘rgatolmaydi”.
Muxlislar yoki prodyuserlarni xursand qilishga shoshmasdan Ray o‘zining go‘zal qiyofasi va nafisligini asta-sekin tiklagandan keyingina kinoga qaytdi. Buning uchun unga 4 yil kerak bo‘ldi.
2023-yilda har yili o‘tkaziladigan Kann kinofestivalida hind aktrisasi Sophie Couture libosidagi ajoyib ko‘rinishi bilan barchani hayratda qoldirdi. Xuddi shu tadbirda u ozish yoki semirish tufayli boshqalarni va o‘zingizni muhokama qilishni to‘xtatish haqida qisqacha intervyu berdi.
“Boshqalarni shaxsiy tanlovi uchun muhokama qilmang. Bu erkin dunyo: o‘zingiz uchun yashang va boshqalarning yashashiga ham xalal bermang. Menimcha, odamlar o‘zlarining ishonchsizligi tufayli boshqalarni tanqid qilishga moyil bo‘ladi. Agar qomatingiz qanday bo‘lsa ham undan mamnun bo‘lsangiz, vaqtingizni boshqalar hayotini muhokama qilish uchun sarflamaysiz. Hammasi juda oddiy”.“Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring