21:08 / 01.07.2023
237

Prezident “Yalla” ansamblini taqdirladi

Foto: Prezident matbuot xizmati

Shavkat Mirziyoyev “Yalla” ansamblini taqdirladi, deb xabar bermoqda Prezident matbuot xizmati.

Farmonga asosan “Yalla” ansambli tashkil etilganining 50 yilligi munosabati bilan guruh a‘zolari mukofotlandi.

“O‘zining yorqin isteʼdodi, yuksak professional mahorati, ko‘p yillik samarali ijodiy faoliyati bilan o‘zbek estrada sanʼatini rivojlantirish, uning shon-shuhratini xalqaro miqyosda keng targ‘ib etish, xalqlar o‘rtasida madaniy aloqalar, o‘zaro do‘stlik va hamjihatlikni mustahkamlashga qo‘shgan katta hissasi, navqiron iqtidor egalarining qobiliyatini ro‘yobga chiqarish, xalqimiz, ayniqsa, yoshlarni Vatanga muhabbat va sadoqat, milliy va umuminsoniy qadriyatlarga hurmat ruhida tarbiyalash borasidagi alohida xizmatlari hamda “Yalla” ansambli tashkil etilganining 50 yilligi munosabati bilan quyidagilar mukofotlansin:

“El-yurt hurmati” ordeni bilan

Zakirov Farrux Karimovich — “Yalla” ansambli badiiy rahbari

“Do‘stlik” ordeni bilan

  • Aliyev Abbos Saidovich — “Yalla” ansambli sozandasi,
  • Toxtayev Javlon Ramzitdinovich — “Yalla” ansambli sozandasi,
  • Xalikov Igor Yakubovich — “Yalla” ansambli direktori,
  • Xalikov Timur Pulatovich — “Yalla” ansambli sozandasi”.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Madaniyat » Prezident “Yalla” ansamblini taqdirladi