Lola: “Hayotimda paydo bo‘lgan inson meni o‘zgartiryapti”

Xonanda Lola shaxsiy hayotida o‘zgarishlar bo‘layotganini ma’lum qildi.
“Har bir inson hayoti davomida turli vaziyatlar ta’sirida o‘zgarib, mukammallashib boradi. Shaxsan men hayotimdagi ayrim voqealar sabab o‘zgarib, butunlay boshqa Lolaga aylanyapman. Misol uchun, farzandlarimni dunyoga keltirganimdan keyin hayotga umuman boshqa ko‘z bilan qaray boshladim”,—deydi Lola “So‘g‘diyona” gazetasiga bergan intervyusida.
“Yuragingizning bir parchasi bilan birga nafas olib, “men” o‘rniga “biz” degan tushuncha bilan yashar ekansiz. Nazarimda, har bir ayol ona bo‘lganidan so‘ng borliqni yana ham chiroyli ranglarda ko‘ra boshlaydi. Turmush o‘rtog‘im bilan ajrashganimdan keyin ham qarashlarimda o‘zgarishlar, yangilanishlar paydo bo‘ldi. yana ham aniqroq aytadigan bo‘lsam, menga shu ajrimgacha bosib kelgan yo‘l ta’sir qilgan. Ayni damda shaxsiy hayotimda sodir bo‘layotgan voqealar, taqdir yo‘limda bir insonning paydo bo‘lgani bois, men yana o‘zgaryapman. Hayotga, dunyoga o‘zgacha nigoh bilan qarayapman. Bundan juda baxtiyorman”,—deya so‘zlarini davom ettirdi xonanda.
Lola bilan to‘liq intervyuni “So‘g‘diyona” gazetasining 23 iyun kuni sotuvga chiqqan 25-sonida o‘qishingiz mumkin. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing