20:00 / 11.07.2023
1 074

Munisa Rizayeva 500 ming dollarlik taklifni rad etgani va bo‘lajak turmush o‘rtog‘i haqida nima dedi? (video)

Munisa Rizayeva 500 ming dollarlik taklifni rad etgani va bo‘lajak turmush o‘rtog‘i haqida nima dedi? (video)

Xonanda Munisa Rizayeva “Taraflar” ko‘rsatuviga bergan intervyusida bir necha yil tushkun kayfiyatda yashagani, pulning ortidan quvmasligi hamda 37 yoshida baxtini uchratgani haqida so‘zlab berdi.

Foto: Instagram

“Suratlarim tarqalib ketganida uydan chiqa olmaganman”
Shunaqa paytlar bo‘lganki, suratlarim tarqalib ketganida 2 yil depressiyadan chiqa olmaganman. Hech narsa qilgim kelmasdi, qo‘shiq aytishni ham xohlamaganman. Kulmaganman, uydan chiqqim kelmasdi. Zo‘rg‘a to‘yga borib kelib, yana uyda yotardim. Juda qiynalganman. Lekin 60-70 ta ashula yozib qo‘yganman, o‘shalarni chiqarib turganmiz. Allohga shukr, bugunga kelib, o‘zi mening yuzimni yerga qaratmadi. Allohga ishonchim juda kuchli. Na ota-onamni, na do‘stlarimni Allohni yaxshi ko‘rganchalik yaxshi ko‘rmayman.

“Qatarliklar 500 ming dollar taklif qilishdi”
Pulning orqasidan chopish kerak emas, pul sizning ortingizdan quvsin. Men umuman pulni birinchi o‘ringa qo‘ymayman. Agar shunday bo‘lganida, bir kunda 10-15 ta to‘yga kirgan bo‘lardim. Hozirda 3-4 ta to‘yga kiraman va uyga ketaman. Shunaqa voqea bo‘lgan: “Ertaga Qatarga uchib kelsin, 500 ming dollar beramiz”, deyishgan. Yo‘q, deganman. Borgim kelmagan. Agar pulni birinchi o‘ringa qo‘yganimda, men uchib borgan bo‘lardim. Ba’zan “Hozir Munisani chaqiraman, birrovining pulini uch baravar qilib bersam, ertalabgacha qo‘shiq aytadi”, degan gaplarni ham eshitib qolaman. Men prinsip qilib, besh baravar pul to‘lasa ham, bormayman. Inson uchun pul emas, orzu va ishonch muhim bo‘lishi kerak. Agar inson orzu qilsa va unga erishishiga ishonsa, orzuga qanday yetib olganini tushunmay qolasiz.

“Kuchli insonni kutdim”
Men o‘zimni judayam qadrlayman va yaxshi ko‘raman. To‘g‘ri kelgan insonga turmushga chiqib keta olmayman. Men o‘zimni judayam kuchli ayol deb bilaman. Mening yonimdagi erkak mendan kuchli bo‘lmasa, men uni shunchaki sindirib tashlayman. O‘zimga ishonchim juda kuchli. Shuning uchun 37 yoshimgacha baxtimni kutib yurdim. Alhamdulillah, men hozirda u insonni topdim, endi biz turmush qurib, farzandli bo‘lamiz, inshaalloh.


arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Madaniyat » Munisa Rizayeva 500 ming dollarlik taklifni rad etgani va bo‘lajak turmush o‘rtog‘i haqida nima dedi? (video)