Anjelina Joli oilasini saqlab qolish maqsadida vaznini orttirish harakatida

Bred Pitt rafiqasi oldiga qat’iy shart qo‘ydi
Anjelina Joli o‘z vaznini orttirish harakatida. Oilasining saqlanib qolishi mana shu narsaga bog‘liq. Bu haqda OAVga aktrisa haqida so‘nggi paytdagi olingan ma’lumotlar va suratlar manbaa sifatida hizmat qildi.
Oxirgi yillarda matbuotda faol muhokama qilinayotgan mavzulardan biri - Anjelinaning tez sur’atda vazn yo‘qotayotganligi va uning turmush o‘rtog‘i Bred Pittning bundan havotirda ekanligi bo‘lib qoldi. Vaziyat shu darajaga etib bordiki, ularning oilasi buzilish arafasiga kelib qoldi.
Aktyor xattoki rafiqasi oldiga avvalgi holatiga qaytish borasida qat’iy shart qo‘ydi. Aks holda u Anjelina bilan turmush yo‘llari ayro bo‘lishini aytgan: "Enjining sog‘ligi borasidagi muammolar ularning uyida tinimsiz janjal keltirib chiqarmoqda. Bu oxir borib ajralish bilan tugaydigan janjallarga aylanib bo‘lgan. Anjelina amal qilayotgan ochlik usuli uni kasalxonaga olib borishi aniq. Oqibatda Bred unga qat’iy shart qo‘ydi: yoki avvalgi holiga qaytish yoki ajrim", - deb ma’lumot beradi ishonchli vakil.
Shuningdek, olingan ma’lumotlarda Anjelinaning bunday ochlik usuli bilan qanday qiziqib qolgani aytilgan. Ishonchli vakil so‘zlariga qaraganda, yengil atletchi Lui Zamperini (bir paytlar yapon konslageri asiri bo‘lgan) haqida hikoya qiluvchi "Engilmas" filmidagi roli ishonchli chiqishi uchun boshqa aktyorlar bilan birgalikda ochlikka chidagan. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing