09:53 / 14.07.2023
113

Gollivud yulduzi Tom Kruz kosmosda film suratga olishga tayyorlanmoqda

Foto: “Yandeks.ru”

Gollivud aktyori Tom Kruz muxlislarining jasorati bilan hayratda qoldirishdan to‘xtamaydi. Tom Kruz xavfli tryuklarni o‘zi bajaradigan aktyorlardan biri hisoblanadi. U vertolyotdan, mototsiklda tog‘ tramplinidan sakraydi, bundan tashqari ko‘plab tryuklarni kaskadyorlarning yordamisiz amalga oshiradi. Kruzning keyingi maqsadi — yangi filmini suratga olish uchun kosmosga uchish.

To‘g‘ri, aktyor bu borada birinchi bo‘lishga kechikdi. Hozirda “Qo‘ng‘iroq” filmini suratga olish jarayonida ishtirok etayotgan rossiyalik aktyorlar kosmosni zabt etdi. Kruz hamkasblarining ishidan ilhomlanib, ularning tajribasini takrorlashga qaror qilgan bo‘lishi ham mumkin.

Foto: Europa Plus

Yangi loyiha rejalashtirish bosqichida. Hozircha uning nomi va suratga olish sanasi e’lon qilinmagan. Faqatgina loyiha rejissorining ismi ma’lum qilindi — Dug Liman filmni suratga olish bilan shug‘ullanadi. Bu haqda Universal kinokompaniyasi vakillari fikr bildirdi.

Foto: Europa Plus

“Bu reja. Men va Tom ajoyib loyihani ishlab chiqmoqdamiz: kosmik stansiyaga raketa olib borish va u yerda film suratga olish”, — deydi kompaniya vakillaridan biri.

Kosmosda suratga olinishi rejalashtirilayotgan film haqidagi ilk mish-mishlar o‘tgan yilning kuzida paydo bo‘lgan edi. Bu ajablanarli holat emas, chunki bunday xavfli harakatga tayyorgarlik ko‘p vaqtni talab qiladi. Professional bo‘lmagan astronavtlar Yerdagi barcha sinovlardan o‘tishlari va vaznsizlikka tayyor ekanligiga ishonch hosil qilishlari uchun bir necha yil kerak bo‘ladi.

Foto: Europa Plus

“Biz buning ustida faol ishlayapmiz, nima bo‘lishini ko‘ramiz”, —deb filmning suratga olinishini tasdiqlagan Tom.

Ushbu kadrdagi tryuklarga Tom Kruz uzoq vaqt davomida tayyorlangan. Masalan, aktyor “Uddalab bo‘lmas topshiriq” loyihasidagi mototsiklda sakrash bilan bog‘liq xavfli tryukni amalga oshirish uchun bir yildan ko‘proq vaqt davomida mashq qilgan.

Foto: Europa Plus

“Biz hech qachon bundan xavfli sahna bo‘lmagan. Norvegiyada tyuk suratga olmoqchimiz. Bu mototsikl  bilan qoyadan sakrash bo‘ladi”, — degan aktyor 2020-yilda bergan intervyusida.


arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Madaniyat » Gollivud yulduzi Tom Kruz kosmosda film suratga olishga tayyorlanmoqda