date

Halima Ibrohimova o‘zidan 7 yosh kichik turmush o‘rtog‘i bilan qanday tanishganini so‘zlab berdi

Halima Ibrohimova o‘zidan 7 yosh kichik turmush o‘rtog‘i bilan qanday tanishganini so‘zlab berdi

Komik aktrisa Halima Ibrohimova ayni kundagi ijodiy faoliyati va shaxsiy hayoti bilan bog‘liq savollarga javob berdi.

“O‘zimdan ham ‘Eringiz bilan o‘n yilga shartnoma tuzgan ekansizmi?’, deb so‘rashadi. Ayrilardan ‘Uning puliga uylanganda’ kabi gaplarni eshitib qolaman. Turmush o‘rtog‘imning ismi Jaloliddin, oilada kenja o‘g‘il. U kishi bilan uyimizni ta’mirlayotganda tanishgandik. Ustalar orasida Jaloliddin akam ham bo‘lgan. Pochcham ‘Shu yigit seni so‘rayapti’ deganida, ishonmagandim boshida. ‘Mendan etti yosh kichkina ekan, yo‘q’, deganman. Qaynonam sovchi bo‘lib kelganidan so‘ng 15-20 kunda to‘yim bo‘lgan”,—deydi aktrisa “Bekajon” gazetasiga bergan intervyusida. “Oilada etakchi menman. Buni hech qachon yashirmaganman. Chunki turmush o‘rtog‘imdan etti yosh kattaman. Demak, hayot tajribam ham ularnikidan ko‘proq. Odamlar nima desa deyaveradi, ichimdagi dushmanlarim kimliginiyam bilaman, hatto”.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Madaniyat » Halima Ibrohimova o‘zidan 7 yosh kichik turmush o‘rtog‘i bilan qanday tanishganini so‘zlab berdi