10:10 / 31.07.2023
53

Misrda «O‘tkan kunlar» romani arab tiliga tarjima qilinmoqda

Misrda «O‘tkan kunlar» romani arab tiliga tarjima qilinmoqda

Foto: Dunyo AA
Misrning Ayn Shams universiteti professori, yozuvchi, tarjimon Muhammad al-Jibali Abdulla Qodiriyning “O‘tkan kunlar” romanini arab tiliga tarjima qilishga kirishdi.

O‘zbekistonning Misrdagi elchixonasi tomonidan ma’lum qilinishicha, joriy yil iyun oyida prezident saylovini bevosita kuzatgan Muhammad al-Jibali Toshkentda bo‘lgani chog‘ida Abdulla Qodiriy uy muzeyida bo‘lib, yozuvchining nabiralari bilan uchrashgan, O‘zbekiston yozuvchilar uyushmasida suhbatlar o‘tkazgan, o‘zbek madaniyati va tarixi bilan yaqindan tanishgan.

Muhammad al-Jibalining aytishicha, nihoyatda boy adabiy merosga ega o‘zbek adabiyoti durdonalari xorijiy tillarga tarjima qilinmagani uni ajablantirgan. Professor “O‘tkan kunlar” romanining arab tiliga tarjima qilinishi, nafaqat Misr, balki butun arab dunyosida iliq kutib olinishiga ishonch bildirdi.

Mutaxassisning ishonch bilan qayd etishicha, arab tilining sinonimlarga nihoyatda boyligi, har bir harakat va holatni turli usullarda tasvirlash xususiyati, xalqlarning madaniy-ma’naviy jihatdan yaqinligi romanning ushbu tarjimasi boshqa xorijiy tillardagi tarjimalaridan sezilarli darajada sifatli bo‘lishiga va badiiy go‘zallikni saqlab qolishga imkon beradi.

Romandagi o‘zbekona ruhni aks ettirish, tarjima sifatini oshirish maqsadida tarjima muallifiga mamlakatning Misrdagi elchixonasi madaniy masalalar bo‘yicha attashesi Otabek Alimov hozirgi paytda Qohirada istiqomat qilayotgan Husan Abdumajidov, taqdir taqozosi bilan bolalik chog‘laridan buyon Saudiya Arabistonida yashab tahsil olgan vatandosh, yozuvchi va tarjimon Said Mahmud Kosoniy va boshqa hamyurtlar ko‘maklashmoqda. Asardagi ba’zi arab imlosida (eski o‘zbek yozuvi) bitilgan atamalarni asl holida saqlab qolish uchun romanning ilk nusxasi Abdulla Qodiriyning nabiralari tomonidan taqdim etildi.

“O‘tkan kunlar”ning arab tiliga tarjimasi romanning 100 yilligi arafasida 2024 yili tayyor bo‘lishi va mintaqadagi eng yirik va nufuzli 55-Qohira xalqaro kitob yarmarkasida taqdim etilishi rejalashtirilmoqda.


arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Madaniyat » Misrda «O‘tkan kunlar» romani arab tiliga tarjima qilinmoqda