17:46 / 15.08.2023
175

O‘zgalar fikri hayotda hech qanday ahamiyatga ega emasligini isbotlagan yulduzlar

O‘zgalar fikri hayotda hech qanday ahamiyatga ega emasligini isbotlagan yulduzlar

Kventin Tarantino

Foto: AdMe

Mashhur rejissor va ssenariynavis bolaligidanoq adabiy maydonda kuchini sinab ko‘rishni boshladi. Va ko‘pincha bu uy vazifasi zarariga sodir bo‘lardi. Natijada Kventin onasi bilan doimo janjallashib turardi. Tarantino hech qachon onasining maktab mashg‘ulotlari haqidagi yomon fikrlarini kechira olmagan. U kelgusidagi gonorarining bir foizini ham unga bermaslikka va’da bergan.

Jennifer Eniston

Foto: AdMe

Dunyodagi eng ko‘p maosh oladigan aktrisalardan biri doimo onasi tomonidan tanqid qilinardi. Nensi Dou filmlarda ham rol o‘ynagan, ammo uning filmografiyasi yulduz qiziga qaraganda ancha kamtar bo‘lib chiqdi va u hech qanday maxsus mukofotlarga ega emas edi. Ammo Jennifer “Do‘stlar” sitkomi, shuningdek, aktyorlik uchun bir qancha nufuzli mukofotlar, shu jumladan, “Emmi” va “Oltin globus” tufayli dunyoga mashhur.

Stiven Spilberg

Foto: AdMe

Rejissor Stiven Janubiy Kaliforniya universitetining kino maktabiga qabul qilinmagan. Sababi arzimas maktabdagi o‘rtacha ko‘rsatkich va sertifikatda past baholar edi. Yigit taslim bo‘lmagan va orzusini ro‘yobga chiqarish uchun kurashni davom ettirgan.

Anjelina Joli

Foto: AdMe

 Hozirda “Oskar” va bir nechta “Oltin globus” mukofotlari bo‘lgan aktrisa maktabda masxaralashga dosh berishga majbur bo‘lgan. Bolalar uni nozikligi, shuningdek, ko‘zoynak taqib olgani uchun masxara qilishardi. Biroz vaqt Anjelina faqat qora kiyim kiyishni boshlagan va hatto darslarini ham tashlagan.

Opra Uinfri

Foto: AdMe

Kichkina Opraning mashhur teleboshlovchi bo‘lishiga ishongan yagona odam buvisi edi. U nevarasi hatto panjara ustidagi qo‘g‘irchoq va qarg‘alardan qanday intervyu olganini eslaydi. Ammo boshqa odamlar kambag‘al oiladan bo‘lgan, bolaligida kartoshka qopidan tikilgan libos kiygan qiz hayotda hamma narsaga erisha olishiga ishonmagan.

Viktoriya Bekxem

Foto: AdMe

Spice Girls’ning mashhur qo‘shiqchisi va modelyeri prodyuserlar tomonidan rad etilgan. Ular qizlarning ijodkorligi juda o‘ziga xosligini va keng jamoatchilik tomonidan talab qilinmasligini his qilgan. Shuning uchun ular qizga bolalar televizion dasturlarida ishtirok etishni davom ettirsa yaxshi bo‘lardi, degan fikrni bildirgan. Ammo yosh xonimlar o‘zini tanitishda davom etdi va natijada 1990-yillarning mashhur pop guruhlaridan biriga aylandi. Viktoriya Bekxem o‘shandayoq o‘zining yulduzlik karyerasini boshlagan.

Elvis Presli

Foto: AdMe

Bo‘lajak rok-n-rol qiroli yoshligida Tennessi shtatidagi vokal kvarteti tanlovida muvaffaqiyatsizlikka uchradi. Yigitga qo‘shiq kuylamaslikni taklif qilishdi. Keyin Presli Crown Electric kompaniyasiga yuk mashinasi haydovchisi sifatida ishga joylashdi, lekin vokalchi bo‘lish umidini yo‘qotmadi. Keyingi sinovlarda esa unga: “Yuk mashinasini haydashda davom eting, chunki qo‘shiqchi sifatida siz to‘liq nolsiz”, deyishgan.

Ledi Gaga

Foto: AdMe

Bolaligidan yosh Stefani Jermanotta o‘z tengdoshlari orasida o‘zini noqulay his qilardi. 17 yoshida bo‘lajak Ledi Gaga Nyu-York universitetining musiqa maktabiga o‘qishga kirdi, lekin u yerda ham tengdoshlari bilan munosabat o‘rnata olmadi. Ular hatto Facebook’da “Stefani Jermanotta, sen hech qachon muvaffaqiyat qozonmaysan” nomli haqoratli nom bilan guruh tuzdi. Natijada 2-kursni tashlab, musiqiy karyerasiga e’tibor qaratdi.

Jessika Chezteyn

Foto: AdMe

2000-yillarning o‘rtalarida aktrisa, asosan, televizion loyihalarda kichik rollar bilan kifoyalandi. Hammasiga sochlarning nostandart qizil rangi sabab bo‘lgandi. Ammo keyin Jessikaning iste’dodi sezildi va 2011-yilda uning ishtirokida 6 ta film, shu jumladan, xalqaro miqyosda e’tirof etilgan “Xizmatkor” va “Hayot daraxti” chiqarildi. Endi aktrisaning ko‘plab mukofotlari va nominatsiyalari bor, shu jumladan, “Oskar” va “Oltin globus” ham.

Arnold Shvarsenegger

Foto: AdMe

Yosh Arnold bodibilding karyerasini tugatib, aktyorlik bilan shug‘ullanishga qaror qilganida qancha gaplarni eshitmadi deysiz. Hamma uning gavdasi va g‘alati aksenti borligini aytdi. Bo‘lajak aktyor odamlarning fikrini jiddiy qabul qilmagan va ekranlarda ko‘rinishni ma’qul ko‘rgan.

Shakira

Foto: AdMe

Hozirgi “Gremmi” mukofoti sovrindori bolaligida maktab xoridan quvilgan. Sinfdoshlari bo‘lajak yulduzga: “Sen qo‘shiq aytmaysan, echkidek qichqirasan” deya masxara qilishgan. Biroq bu qizni bezovta qilmadi, musiqiy tajribalarini muvaffaqiyatli davom ettirdi va oxir-oqibat dunyoning eng taniqli qo‘shiqchilaridan biriga aylandi.


arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Madaniyat » O‘zgalar fikri hayotda hech qanday ahamiyatga ega emasligini isbotlagan yulduzlar