Bollivud kinosanoati mashhurlar va ularning farzandlariga to‘la, unda Xonlar va Kapurlar sulolasi hukmronlik qiladi. Ular bilan aloqador bo‘lgan har bir kishi osongina filmlarda ishtirok eta oladi. Ularning birgina qo‘ng‘irog‘i bu ishni hal qilishi mumkin. Bollivudga aloqasi bo‘lmagan insonlarning kinosanoatga kirishi deyarli mumkin emas, biroq bundan istisno holatlar ham mavjud. Masalan, bugungi kunda nafaqat Hindistonda, balki butun dunyoda tanilgan Shohrux Xon yoki Priyanka Chopra, uning nomi Gollivudda ham mashhur. Kinosanoatda autsayder deb hisoblangan aktyorlar ham bor. Aslida bu aktyorlarning yaqinlari ham Bollivudda o‘z o‘rniga ega bo‘lgan, biroq bu haqda ko‘pchilik bilmaydi.
Ranvir Singh
Ranvir Singh Bollivudda paydo bo‘lganida hamma uni bu sanoatga aloqasi yo‘q deb o‘yladi. Uning onasi Anju Bhavnani Anil Kapurning rafiqasi Sunita Kapurning amakivachchasi ekanligini kam inson biladi. Ranvir — Sonam Kapurning amakivachchasi. U ota tomondan taniqli aktrisa Chand Burkening nabirasi hisoblanadi. Yana bir qiziq fakt: aktyor Aditya Roy Kapur uning maktabdagi sinfdoshi bo‘lgan.
Yami Gautam
Yami Gautam — mashhur rejissor va panjob kino sanoati prodyuseri Mukesh Gautamning qizi. Uning opasi panjob filmlarida rol o‘ynaydi. Biroq aktrisa Bollivudda “Viki Donor” filmida debyut qilganida jurnalistlar uning butunlay autsayder ekanligi haqida yozdi.
Ajay Devgan
Ajayning otasi Viru Devgan mashhur kaskadyor koordinatori bo‘lgan. “Janob Hindiston”, “Ishq” kabi filmlarda ishlagan. Bundan tashqari, uning onasi Vina Devgan kino prodyuseri. Aktyorning amakivachchasi Anil Devgan esa ssenariy muallifi va rejissor.
Viki Kaushal
Viki Kaushal taniqli postanovkachi Sham Kaushalning o‘g‘li. Bu haqda juda kam inson biladi, uning otasi yuzdan ortiq loyihalarda ishlagan. Ularning orasida “Baji Rao va Mastani”, “Jang” “Padmavati”, “Krish-3” va boshqa mashhur loyihalar bor.
Amisha Patel
Amisha Patel umuman autsayder emas. Uning bobosi — Indira Gandi bilan juda yaqin bo‘lgan huquqshunos va siyosatchi Rajni Patel. Rakesh Roshan Amishaga uning otasi bilan yaqin do‘st bo‘lgani uchun “Sevgidan voz kechmaydilar” filmidagi bosh rolni bergan.
Tara Sutariya
O‘z karyerasini teleko‘rsatuvlarda boshlagan Tara Sutariya Bollivuddagi debyutini Karan Joharning “Yil talabasi-2” filmida qildi. Uning oila a’zolari Bollivud bilan aloqador emas, biroq aktrisa badavlat oiladan chiqqan. Jon Abraham va Kapurlar uning ota-onasining eng yaqin do‘stlari ekanini ko‘pchilik biladi.
Aditi Rao Haydari
Aditi Rao Haydari Haydarobodning sobiq bosh vaziri Akbar Haydariyning nevarasi. Uning onasi Vidya Rao hurmatli braxmanlar oilasida tug‘ilgan. Amakivachchasi Kiran Rao esa Bollivudning taniqli prodyuseri va Amir Xonning sobiq rafiqasi.
Kyara Advani
Kyara Advanining juda kuchli aloqalari bor edi, bu unga ko‘p jihatdan sanoatga kirishiga yordam berdi. Aktrisa Juhi Chavlaning qarindoshi. Kyara Karan Johar bilan suhbatda Juhi uni uyidagi ziyofatda rejissorlar bilan tanishtirgani haqida so‘zlab bergan.
Advani ham Isha Ambani bilan sinfdosh bo‘lgan. Shuningdek, Kyaraning bobosi Hamid Jaffri mashhur aktyor Said Jaffrining ukasi edi.
Sunil Shetti
Sunilning otasi Virappa Shetti mehmonxonada ishlagan. U juda badavlat oiladan chiqqan va otasining Bollivud kinosanoati bilan aloqasi bor bo‘lgan.