Shahzoda Matchonova Zulayho Boyxonovani tinglashini aytib, dugonalari Shahzoda va Nilufar Usmonovani tilga olmadi

Aktrisa Shahzoda Matchonova musiqa borasidagi qarashlarini muxlislari bilan bo‘lishdi. U qaysi xonandalarning qo‘shiqlari sevib tinglashini aytdi. Bu haqda “Qalampir.uz” xabar berdi.
“Yaxshi musiqaning shaydosiman. Qaerga bormay MP3 player hamrohim bo‘ladi. Musiqa janrini esa kayfiyatimga qarab tanlayman. Shuning uchun ham player’imda Yulduz Usmonova, Zulayho Boyxonovaning qo‘shiqlaridan tortib, Rossiya estradasining pop yo‘nalishda kuylagan taronalari ham bor. Masalan Mot, Polina Gagarina va boshqalar. Shuningdek, yapon tilida ijro etilgan qo‘shiqlar va mumtoz musiqani ham sevib tinglayman. Va albatta shularning ichida ingliz tilidagi musiqalar juda ham ko‘p. Siz qanday musiqani tinglaysiz?”, deb yozadi Matchonova.
Xonandaning yozib qoldirgan savoliga ko‘plab muxlislari javob yo‘llamoqda. Unda har bir foydalanuvchi o‘zi yoqtirgan qo‘shiq nomini va uni ijro etgan qo‘shiqchining ismini yozib qoldiryapti.
Darvoqe, Shahzoda Matchonova xonandalar Shahzoda, Nilufar Usmonova va Dineyra bilan qalin dugona bo‘lsa ham ularning qo‘shiqlari haqida lom-mim demagan. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing