17:07 / 14.09.2023
103

Bolgariyadagi kinofestivalda “Dilozor” seriali mukofotlandi

Bolgariyadagi kinofestivalda “Dilozor” seriali mukofotlandi

Bolgariya Respublikasi poytaxti Sofiya shahrida Bolgariya kino akademiyasi va internet kommunikatsiya agentligi tomonidan o‘tkazilgan XI Xalqaro “Slavyan ertagi” kinofestivalida O‘zbekiston milliy teleradiokompaniyasining “O‘zbektelefilm” davlat muassasasi ham munosib ishtirok etdi. Mazkur tashkilot tomonidan suratga olingan “Dilozor” seriali rejissyorlari Otabek Ibragimov hamda Aziz Mardonov festivalda rejissyorlik ishi bo‘yicha Gran-priga loyiq ko‘rildi.

Shuningdek, “Dilozor” seriali ssenariy muallifi Muqaddas Usmonova “Eng yaxshi ssenariy ishi” hamda serial operatori Ravshan Mirzakamolov “Eng yaxshi operatorlik ishi” nominatsiyalari g‘olibi bo‘ldi.

Ma’lumot uchun, “Dilozor” seriali “Yil faoli-2022” ko‘rik-tanlovning  “Yilning eng yaxshi seriali” deb topilgandi. Serial san’at va musiqa yo‘nalishini tanlagan yosh ijodkorlar haqida bo‘lib, uning asosiy g‘oyasi o‘sib kelayotgan barkamol avlodning musiqaga bo‘lgan mehrini oshirish, maqsad sari doim olg‘a intilish, mag‘lubiyatdan qo‘rqmaslik, yoshlar qalbida vatanga bo‘lgan muhabbatni yuksaltirish, yurt sha’ni, millat sharafi, g‘urur va iftixor kabi muqaddas tuyg‘ularni shakllantirishdan iborat.

Serialda mashhur aktyor-aktrisalardan Asal Shodiyeva, Durdona Qurbonova, Feruza Yusupova, Shohrux Hamdamov hamda elimiz suygan xalq artistlari mahorat bilan rol ijro etgan. Serial sahnalarining aksariyati O‘zbekiston davlat jahon tillari universitetida tasvirga tushirilgan.

Ta’kidlash joiz, suratga olish jarayonlarida rejissyorlik ishlarini amalga oshirgan Otabek Ibragimov O‘zDJTU Axborot xizmati rahbari hisoblanadi.


arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Madaniyat » Bolgariyadagi kinofestivalda “Dilozor” seriali mukofotlandi