Samarqand viloyatida 5 ta katta xum topildi

Samarqand viloyatida 5 ta katta xum topildi

Samarqand viloyatida 5 ta katta xum topildi, deya xabar berdi Madaniy meros agentligi.
Samarqand arxeologiya instituti va Italiyaning Neapol universiteti ishtirokidagi xalqaro qo‘shma ekspeditsiya o‘tkazildi.
Samarqand viloyatida 5 ta katta xum topildi

Qazuv tadqiqot ishlari Pastdarg‘om tumani Chandir qishlog‘i “Do‘stlik” mahallasi hududida joylashgan “Qo‘ytepa” arxeologiya yodgorligida olib borilmoqda.
Samarqand viloyatida 5 ta katta xum topildi

Qazuv ishlari yodgorlikning shimoliy qismidagi uzun yo‘lagida yo‘lga qo‘yilgan.
Samarqand viloyatida 5 ta katta xum topildi

“Tadqiqotchilar tomonidan yo‘lak bo‘ylab joylashgan 5 dona katta xum idishi borligi aniqlandi. Taxminlarga ko‘ra, ushbu xumlardan oziq-ovqat mahsulotlarini saqlash uchun foydalanilgan”, — deyiladi xabarda.
Samarqand viloyatida 5 ta katta xum topildi

Zamin.uz saytini Google'ga qo'shing"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Zamin AI bilan muhokama qilingYangilikni tahlil qiling, foydali maslahatlar oling

Izohlar 0

Mavzuga oid yangiliklar