“O‘zbeknavo” bir necha xonandani litsenziyasidan mahrum etdi

“O‘zbeknavo” bir necha xonandani litsenziyasidan mahrum etdi
“O‘zbeknavo” bir necha xonandani lisenziyasidan mahrum etdi

Bugun, 19 iyul kuni “O‘zbeknavo” estrada birlashmasi bir necha taniqli xonandalarga berilgan lisenziya muddatidan avval tugatilgani haqida ma’lum qildi.

“Litsenziatlar Sitora Farmonova, Sarvar Azimov va Komil Fozilov (Sarvar va Komil) tomonidan Lisenziya bitimida nazarda tutilgan talab va shartlar muntazam ravishda buzilganligi sababli, ushbu xonandalar nomiga berilgan litsenziyalarning amal qilish muddati “Faoliyatning ayrim turlarini litsenziyalash to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining 23-moddasi hamda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2015 yil 9 dekabrdagi 354-son Qaroriga asosan 2016 yil 19 iyuldan tugatilganligi bildiramiz.”, deyiladi “O‘zbeknavo”ning xabarida.

Izohlar 0

…

Mavzuga oid yangiliklar