date

Asilbek Amanulloh qo‘shiqlari omadli chiqmayotgani sababini aytdi

Asilbek Amanulloh qo‘shiqlari omadli chiqmayotgani sababini aytdi

Bu xonanadaning san’atda tanlagan yo‘li boshqalardan ajralib turadi. Ijodini avvaliga Asilbek Negmatov ismi bilan boshlab, hozirda Asilbek Amanulloh taxallusi bilan davom ettirayotgan bu ijodkor so‘nggi paytlarda san’at olamida ko‘rinmay qolgani ham bor gap. Bugungi uchrashuvda xonanda ijodiy tanaffus sabablariga to‘xtalish bilan birga, nega o‘z vaqtida mashhurlikni ushlab qololmagani hamda tanqidlarga munosabati haqida ham gapirdi...

Co‘nggi paytlardagi qo‘shiqlaringiz omadli chiqmayotganini tan olasiz?


— Ijodimdagi eng xit qo‘shiqlarni hali mashhur bo‘lmay turib yaratganman. U paytlar hech narsaga chalg‘imay, faqat ijod haqida o‘ylardim. Mashhur bo‘lganingizdan keyin istaysizmi yo‘qmi, xayolingizni buzuvchi, e’tiboringizni chalg‘ituvchi odamlar, narsalar ko‘payar ekan. Odam hatto o‘ziga o‘zi tegishli bo‘lmay qolarkan...

— Havolanib ketadi, demoqchimisiz?

— Balki. Inkor qilolmayman. Mashhurlik odamni baribir o‘zgartiradi. Lekin shunday bo‘lsada, samimiyligim, oddiyligim va ochiqko‘ngilligimni yo‘qotmaganman, deb hisoblayman…

Manba: Darakchi.uz
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Madaniyat » Asilbek Amanulloh qo‘shiqlari omadli chiqmayotgani sababini aytdi