Tamila xorijliklarni shaydo etmoqchi (faqat qo‘shiq bilan emas)

Qo‘shiqlari bilan emas, ko‘proq behayo mavzulardagi shov-shuvlari bilan tanilgan xonanda Tamila xorijni zabt etmoqchi. Diydoraziz.uz internet saytining ma’lumotlariga ko‘ra u endi ingliz tilida kuylaydi. Uning duetdoshi Eldor Qayum. Xonandaning yangi qo‘shiq uchun ishlanayotgan klip fotosessiyalari ham taqdim etilgan.
Biroq ularni ommalashtirishni ma’qul topmadik. Fotosessiyani kuzatib, unga qo‘yilgan ayblovlar (“O‘zbeknavo” tomonidan) haqiqat ekanligiga shubhalanmaysiz va shu o‘rinda bir savol tug‘iladi: “Tamila xorijni qo‘shiqlari bilan zabt etmoqchimi yoki yarimyalang‘och ko‘rinishi bilanmi?”

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing