Foto: “Film.ru”
Rejissyor Jeyms Kemeron “Avatar” filmining 3-qismi qachon ekranga chiqishi haqidagi savollarga javob berdi. Uning so‘zlariga ko‘ra, filmni suratga olish jarayoni allaqachon yakunlangan, biroq yaqin orada ekranga chiqmaydi.
“Bizni texnik ishlar uchun mashaqqatli ikki yil kutib turibdi, shuning uchun premerani 2025 yilning Rojdestvosiga rejalashtiryapmiz”, — deydi Kemeron Yangi Zelandiyadagi konferensiyada.
Avvalroq rejissyor filmning uchinchi qismida tomoshabinlar Pandora sayyorasida yashovchi yangi qabilani ko‘rishini aytgan edi. Kartinaning to‘rtinchi va beshinchi qismining namoyishi 2029—2031 yillarga rejalashtirilgan.
Ma’lumot uchun, “Avatar” filmi 2009 yilda ekran yuzini ko‘rib, tarixdagi eng ko‘p (2,923 milliard dollar) daromad olib kelgan film bo‘lib turibdi. Kartinaning ikkinchi qismi — “Suv yo‘li”ning premerasi 2022 yilda bo‘lib, film kassasiga 2,32 milliard dollar daromad olib keldi.
“Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring