16:26 / 17.12.2023
357

Filmlardagi sahnalari kesib tashlangan iste’dodli aktyor va aktrisalar

Filmlardagi sahnalari kesib tashlangan iste’dodli aktyor va aktrisalar

O‘z filmi ustida ishlayotganda rejissor ko‘pincha kadrlardagi voqea necha soat davom etishini tasavvur ham qilmaydi. Agar film juda uzun bo‘lib ketsa, montajchilar eng ahamiyatsiz sahnalarni kesib tashlashi kerak. Agar ularni mashhur aktyor va aktrisalar o‘ynagan bo‘lsa ham boshqa iloj yo‘q.

Reychel Vays — “Mo‘jiza tomon” (2012)

 
Foto: AdMe

Reychel Vays Nilning yaqin do‘sti Dina rolini o‘ynagan “Mo‘jiza tomon” (2012) dramasida o‘zi rol ijro etgan sahnani ko‘ra olmaydi. Chunki “Hayot daraxti” (2011) filmi bilan tanilgan rejissori Terrens Malik “Mumiyo” yulduzi ishtirok etgan sahnalarni kesib tashlashga qaror qiladi. Buning sabablari noma’lum, Malik boshqa taniqli aktyorlar rol ijro etgan sahnalarni ham olib tashlagan. Jumladan, Terrens o‘zining “Ingichka qizil chiziq” (1998) dramasidan Martin Shin, Gari Oldman, Mikki Rurk va Viggo Mortensen kabi yirik iste’dodlarni ham kesib tashlagan.

Lina Hidi — “Tor: Sevgi va chaqmoq” (2022)

Foto: AdMe

Tayka Vaititining ushbu filmi sahnalari kesib tashlangan aktyorlar soni bo‘yicha rekordchi bo‘lish uchun barcha imkoniyatlarga ega. Filmdan birinchi bo‘lib Piter Dinkleyj va Jeff Goldblyumning kadrlari kesilgan. Keyin esa “Taxtlar o‘yini” filmidagi Sersey Lannister roli bilan kino muxlislariga tanilgan Lina Hidi ishtirok etgan sahnalar kesiladi. Dastlab Tayka Vaititi aktyorlarning bunday ommaviy ravishda kesilishining sababini oshkor qilmaydi, keyin u o‘chirilgan sahnalar yetarlicha yaxshi emasligini aytadi.

Ana De Armas — “Kechagi kun” (2019)

 
 
Foto: AdMe

“Kechagi kun” (2019) filmi avtohalokatdan so‘ng uyg‘onib, o‘zini The Beatles qo‘shiqlarini eslaydigan yagona inson deb biladigan odam haqida hikoya qiladi. Filmda kubalik aktrisa Ana de Armas o‘ynagan, uni hatto film treylerida ham ko‘rish mumkin. Ammo filmning oxirgi versiyasida aktrisa bo‘lgan barcha sahnalar kesilgan.

Ssenariy muallifi Richard Kyortisning tushuntirishicha, komediyaning bosh qahramonlari Jek va Elli o‘rtasidagi munosabatlarni murakkablashtirmaslik uchun Ana de Armasning qahramoni olib tashlangan. Aktrisaning muxlislari bundan shunchalik g‘azablanadiki, hatto Universal kinokompaniyasini sudga beradi, ammo sudda yutqazadi.

Jeyms Marsden — “Bir vaqtlar Gollivudda” (2019)

Foto: AdMe

Jeyms Marsden Kventin Tarantino filmida taniqli aktyor Bert Reynolds rolini o‘ynagan. Ammo keyin Tarantino bu sahnalarni 2 yarim soatdan ko‘proq davom etadigan filmga kiritmagan ma’qul degan qarorga keladi.

Aytgancha, montaj paytida Marsdendan tashqari Tim Rot va Denni Strong ishtirokidagi sahnalar ham kesilgan.

Anjela Bassett – “Janob Smit va Smit xonim” (2005)

Foto: AdMe

Anjela Bassett “Janob Smit va Smit xonim” jangovar komediya filmida yovuz qahramon rolini o‘ynagan va jangning so‘nggi sahnalarida paydo bo‘lgan. Ammo suratga olishdan so‘ng, prodyuserlar filmning oxiri yovuz odamlar bilan jang qilishni talab qilmasligini tushungach, uni butunlay kesib tashlashga qaror qiladi. Aytgancha, aktrisa bilan birga aktyor Kit Devid o‘ynagan yana bir yovuz odam sahnasi ham kesilgan.

Liv Tayler — “Hamma seni sevaman deydi” (1996)

Foto: AdMe

Liv Tayler rejissor Vudi Allen tomonidan suratga olingan “Hamma seni sevaman deydi” musiqiy filmida epizodik rol o‘ynagan. Aktrisa hatto musiqiy sahna ham ham ijro etadi, hatto Allen uning ijrosidan hayratda qoladi. Ammo film vaqtini qisqartirish uchun u ba’zi sahnalarni, jumladan, Liv Taylerni ham kesib tashlashga majbur bo‘ladi. Vudi Allen hatto unga shaxsiy maktub yozib, kechirim so‘raydi va uning roli nima uchun qisqartirilganini tushuntiradi. Bu ish tajribasidan faqat bir nechta sahna ortidagi fotosuratlar qolgan.

Mishel Monagan – “Konstantin: Zulmat hukmdori” (2005)

Foto: AdMe

Kianu Rivz ishtirok etgan ushbu superqahramonlik filmida Mishel Monagan Elli ismli yarim iblis sifatida paydo bo‘lishi kerak edi. Aslida Elli Konstantinning sherigi edi. Ammo rejissor bosh qahramonni yanada yolg‘iz ko‘rsatish uchun Mishel ishtirok etgan barcha sahnalarni kesib tashlaydi.

Ketrin Lengford — “Qasoskorlar: intiho” (2019)

Foto: AdMe

Ketrin Lengford bu filmda Toni Starkning voyaga yetgan qizini o‘ynaydi. Ammo tomoshabinlarga u o‘ynagan kadrlar yoqmayotgani sababli prodyuserlar personajni filmdan butunlay olib tashlashga qaror qiladi.


arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Madaniyat » Filmlardagi sahnalari kesib tashlangan iste’dodli aktyor va aktrisalar