14:24 / 18.01.2024
172

“Odamlar meni ko‘rishdan zerikkan deb o‘ylayman” — aktrisa Margo Robbi

“Odamlar meni ko‘rishdan zerikkan deb o‘ylayman” — aktrisa Margo Robbi

Foto: Muz-tv.ru

Avstraliyalik aktrisa Margo Robbi bir yildan ortiq filmlarda rol o‘ynamayotganini aytdi.

Aktrisaning so‘zlariga ko‘ra, u oxirgi marta 2022 yilning kuzida suratga olish maydonchasida bo‘lgan. O‘shanda u “Barbi” filmida bosh rolni ijro etgan. Kartina 2023 yilning eng daromadli filmi deb topildi.

Margo Robbi film ko‘p oylar davomida targ‘ib qilinib, kinoteatrlarda namoyish etilganidan so‘ng, tomoshabinlar uchun allaqachon zerikarli bo‘lib qolganini, shuning uchun u bir muddat tanaffus qilishga qaror qilganini hazil bilan ta’kidladi.

Shu bilan birga, u 10 yil avval turmush o‘rtog‘i Tom Akerli bilan asos solgan LuckyChak prodyuserlik kompaniyasiga e’tibor qaratayotgani uchun kinoni butunlay tark etmaganini qo‘shimcha qildi.

Prodyuserlik ishimiz kuniga 24 soat, haftasiga 7 kun davom etadi, lekin aktyorlik tomonidan bu men suratga olishdan uzoq yurgan eng katta davr bo‘ladi. Chunki biz “Barbi”ni 2022 yil oktyabr oyida tugatganmiz. O‘shandan buyon bir yildan ko‘proq vaqt o‘tdi. Men aktrisa sifatida faoliyatimni to‘xtatganimga bir yildan oshdi va bu pandemiyadan keyin birinchi katta davr bo‘ldi. Odamlar meni ko‘rishdan zerikkan deb o‘ylayman. Balki bir muncha vaqt ekrandan uzoqda bo‘lishim kerakdir. Rostini aytsam, boshqa filmda qatnashsam odamlar 'Yana umi? Biz u bilan butun yozni o‘tkazdik. U allaqachon o‘tmishda qoldi', deyishadi. Keyin nima qilishni bilmay qolaman, lekin umid qilamanki, bu tez orada bo‘lmaydi”, — deydi aktrisa.


arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Madaniyat » “Odamlar meni ko‘rishdan zerikkan deb o‘ylayman” — aktrisa Margo Robbi