
To‘y qilish arafasida turgan inson borki, hayotidagi ushbu quvonchli kun unutilmas tarzda o‘tishini istaydi. Quyida keltiriladigan ma’lumotlar sevimli san’atkorini to‘yga chaqirmoqchi bo‘lganlarga qo‘l keladi, degan umiddamiz.
Qobil Ibrohimov

Foto: Instagram
90 yillardagi xit qo‘shiqlar muallifi va ijrochisi Qobil Ibrohimovni poytaxtda bo‘ladigan to‘ylarga chaqirish 250 dollarga tushadi.
Umida Mirhamidova

Foto: Instagram
“Oq atirgullar” qo‘shig‘i bilan millionlab muxlislarga ega bo‘lgan Umida Mirhamidova 300 dollar evaziga to‘yingizga fayz bag‘ishlab beradi.
Ravshan Komilov

Foto: Instagram
O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist Ravshan Komilovning birrovga to‘yga kelish narxi 300 dollar.
G‘iyos Boytoyev

Foto: Instagram
Agar to‘yingizga G‘iyos Boytoyevni chaqirmoqchi bo‘lsangiz, 400 dollar tayyorlab qo‘yavering.
Abdulla Qurbonov

Foto: Instagram
Abdulla Qurbonov ham 400 dollarga kelib, to‘yingizga tashrif buyurgan mehmonlarga xush kayfiyat ulashib ketadi.
Ilhom Farmonov

Foto: Instagram
“Onajoning rozi qil” taronasi bilan o‘zbek onalarining sevimli xonandasiga aylangan Ilhom Farmonov 400 dollar evaziga birrovga to‘yingizga tashrif buyuradi.
Dilfuza Rahimova

Foto: Instagram
Dilfuza Rahimovani poytaxt to‘ylariga 350 dollarga taklif etish mumkin.
Dilfuza Ismoilova

Foto: Instagram
“Toshkentning sho‘x qizi” — Dilfuza Ismoilovaning Toshkent to‘ylariga kelib 4-5 ta qo‘shiqni kuylash narxi 400 dollar etib belgilangan.
Anvar Sanayev

Foto: Instagram
“Muhabbat kuychisi” Anvar Sanayev 500 dollarga poytaxt to‘ylariga keladi.
Zulayho Boyxonova

Foto: Instagram
O‘zbekiston xalq artisti Zulayho Boyxonovaning birrov xizmati narxi 600 dollar etib belgilangan.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar