339
Ozodbek Nazarbekov: “Eng to‘g‘ri yo‘l – san’atkorlar daromadini majburiy deklaratsiyalash”
Foto: AOKA
11 mart kuni Madaniyat vazirligi rahbariyati ishtirokida matbuot anjumani o‘tkazildi. Unda vazir Ozodbek Nazarbekovning ma’lum qilishicha, ijodkorlardan soliq olishda majburiy deklaratsiyalash tartibiga o‘tish bo‘yicha Soliq qo‘mitasi bilan hamkorlikda ishlar olib borilmoqda.
“Har bir daromad turidan soliq olishni nazorat qilish ayni paytda murakkab kechyapti. Soliq qo‘mitasi bilan bu masalani bir necha yildan beri muhokama qilyapmiz, ishlayapmiz. Hozirda ijodkorlarga soliq to‘lash bo‘yicha 2 xil shakldan birini tanlash erkinligi berilgan. Xohlasa, deklaratsiya to‘ldiradi, bu – ixtiyoriy. Xohlasa eski shaklda, bazaviy hisoblash miqdoridan kelib chiqib soliq to‘laydi. Har ikkala shaklga imkoniyat berganmiz.
Biz faqat deklaratsiya yordamida muammoga yechim topishimiz, boshqa ijodkorlarga ham chiqib borishimiz mumkin. Bu yerda faqat xonandalar emas, shoirlar, bastakorlar va boshqalar ham bor. Bu ham yashirin iqtisodiyotning bir qismi. Lekin oson, yengil yechimini topolmayapmiz. To‘rt yildan beri mana shu masalada Soliq qo‘mitasi bilan hamkorlikda ish olib boryapmiz. Menimcha, ixtiyoriy ravishda san’atkorlarni deklaratsiya to‘ldirishga o‘tkazish eng to‘g‘ri yo‘l bo‘ladi.
Ijodkorlarda bundan qo‘rqish, ozgina hayiqish bor. Biz bunga bosqichma bosqich yetib boramiz, bir kunda masalani hal qila olmaymiz. Bu – eng to‘g‘ri yo‘l. Boshida tezlikda bu ishni qilmoqchi edik, ammo Soliq qo‘mitasi bilan ishlashni boshlaganimizdan keyin ko‘plab boshqa murakkabliklar ham borligi ma’lum bo‘ldi. Harakatlar bor, deklaratsiyalash tartibini yo‘lga qo‘yishimiz shart”, – dedi Ozodbek Nazarbekov.
Eslatib o‘tamiz, 2022 yil 1 yanvardan boshlab O‘zbekistonda davlat xizmatchilari, davlat ulushi 50 foizdan yuqori tashkilotlar, davlat korxonalari va muassasalari rahbarlari, o‘rinbosarlari, ularning turmush o‘rtog‘i va voyaga yetmagan farzandlarining daromadlari hamda mol-mulkini majburiy deklaratsiya qilish tizimi joriy etilishi belgilangan, biroq bu tizim hozirga qadar amaliyotga joriy etilmadi. “Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
Har payshanba jismoniy tarbiya va sport kuni sifatida belgilanadi
Italiya sudi Quddus Isroil poytaxti emasligi haqida qaror chiqardi
Ramzan Qodirov G‘arb davlatlariga hujum qilishga chaqirdi: “Haqiqiy urush qandayligini his qilishsin”
Qozog‘iston Ukraina atrofidagi vaziyat tufayli harbiy va fuqarolik obyektlari xavfsizligini kuchaytirdi
Xalqaro jinoyat sudining orderi Isroilni nega qo‘rqityapti?
Metabolizm sekinlashganining belgilari
2026 yilda bo‘lajak mundialning favoritlari reytingi taqdim etildi