Jastin Biber Men’s Health jurnali uchun mashg‘ulot zalida suratga tushdi

Jastin Biber Men’s Health jurnali uchun mashg‘ulot zalida suratga tushdi
Foto: korrespondent.net

Kanadalik pop qo‘shiqchi Jastin Biber Men’s Health erkaklar jurnali uchun trenajyor zalida fotosessiyaga tushib, nashrning aprel oyidagi soni «yuzi»ga aylandi, deb xabar bermoqda «Korrespondent.net».

Avvalgi o‘zini tutishidan afsuslanib, xatolarini anglaganini va ulg‘ayishni istashini aytgan Biber fotosessiyada o‘zining mushaklarini va turli tatuirovkalarini namoyish qilgan.

Xonanda o‘zining oldingi yomon xulqiga 13 yoshidayoq mashhurlik yukini ko‘tarishga to‘g‘ri kelganini sabab qilib ko‘rsatgan.

Manba: www.daryo.uz
Zamin.uz saytini Google'ga qo'shing"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Zamin AI bilan muhokama qilingYangilikni tahlil qiling, foydali maslahatlar oling

Izohlar 0

Mavzuga oid yangiliklar