22:30 / 29.03.2024
304

Shakiraning boshlanishidan bir necha soat avval e’lon qilingan Nyu-Yorkdagi konsertiga 40 ming tomoshabin tashrif buyurdi

Shakiraning boshlanishidan bir necha soat avval e’lon qilingan Nyu-Yorkdagi konsertiga 40 ming tomoshabin tashrif buyurdi
Foto: “Pravila jizni”
Kolumbiyalik qo‘shiqchi Shakira konserti boshlanishidan bir necha soat avval ijtimoiy tarmoqda e’lon qo‘ydi va Tayms-skverdagi bepul konsertga 40 mingdan ortiq muxlis tashrif buyurdi. Bu haqda “Pravila jizni” nashri xabar bermoqda.

Xonanda yetti yildan beri ijod bilan shug‘ullanmagan edi. Konsertda Shakira yangi albomining chiqishini nishonlashga qaror qildi.

Xonanda mazkur shouni o‘zining “Hips Don't Lie” nomli hit qo‘shig‘i bilan boshladi. Konsert davomida Shakira “TQM”, “Como Donde y Cuando”, “Te Felicito”, “Puntería”, “Bzrp music session” va boshqa qo‘shiqlarini ijro etdi.

Foto: “Pravila jizni”
Nyu-York! Ey Xudo, bu ajoyib! Sizni yana bir bor ko‘rish, siz uchun kuylash ajoyibdir! Buni hech narsa bilan taqqoslab bo‘lmaydi. Yangi albomim chiqishi arafasida menga ko‘rsatgan mehringiz uchun katta rahmat. Konsertga tashrif buyurganingiz uchun rahmat!”, — dedi Shakira shou avvalida.

Foto: Billboard
Kuni kecha xonanda “Jimmi Fellon bilan kechki shou”da ishtirok etdi. Unda boshlovchi ta’kidlashicha, Shakiraning yangi albomi chiqqanidan keyingi dastlabki 24 soat ichida yangi to‘plam 2024 yilning eng ko‘p tinglangan qo‘shiqlariga aylandi.

Shakiraning yangi “Las Mujeres Ya No Lloran” (“Ayollar endi yig‘lamaydi”) nomli albomi 22 mart kuni efirga uzatildi. Unda yangi qo‘shiqlar bilan birga dunyoda hit taronalar reytingida yuqori o‘rinni egallagan eski qo‘shiqlari — jami 16 ta qo‘shiq o‘rin olgan. Shakira yangi to‘plamini e’lon qilganda tarmoqda quyidagicha izoh qoldirdi:

“Har bir qo‘shiqni yozishda men o‘zimni qaytadan kashf qildim. Ularni ijro etar ekanman, ko‘z yoshlarim brilliantga, ojizligim esa kuchga aylandi”.
Shakiraning so‘nggi albomi 2017 yilda chiqqan va keyinchalik xonanda ijodida tanaffus e’lon qilgan edi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Madaniyat » Shakiraning boshlanishidan bir necha soat avval e’lon qilingan Nyu-Yorkdagi konsertiga 40 ming tomoshabin tashrif buyurdi