date

Shakiraning konserti ikki million muxlisni bir joyga jamladi

Shakiraning konserti ikki million muxlisni bir joyga jamladi

Kolumbiyalik mashhur xonanda Shakira 2 may kuni Rio-de-Janeyrodagi Kopakabana sohilida bepul konsert dasturini taqdim etdi. Mazkur chiqish rekord darajada tomoshabin yig‘ib, taxminan 2 million kishini bir maydonga jamladi.

Ma’lum qilinishicha, ushbu konsert xonandaning “Las Mujeres Ya No Lloran” nomli jahon turnesi doirasida o‘tkazilgan. Shakira sahnada o‘zining eng mashhur xit qo‘shiqlarini ijro etib, dasturni BZRP Music Sessions #53/66 bilan yakunladi.

San’atkor chiqish davomida ayollar kuchi va bardoshi haqida ham ta’sirli fikrlar bildirdi. Uning so‘zlari muxlislar tomonidan olqishlar bilan qarshi olindi.

Konsertga tashrif buyuruvchilar ertalabdan boshlab sohilda to‘plana boshlagan. Tomoshabinlarning katta qismi nafaqat Braziliyadan, balki boshqa Lotin Amerikasi davlatlaridan ham kelgani qayd etildi.

Eduardo Kavalere (Rio meri) ushbu tadbir shaharga katta iqtisodiy foyda keltirishini ta’kidlab, konsert tufayli budjetga qariyb 155 million dollar tushishi kutilayotganini ma’lum qilgan.

Mutaxassislar fikricha, bunday bepul ommaviy konsertlar nafaqat madaniy, balki iqtisodiy jihatdan ham shahar rivojiga katta hissa qo‘shadi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Madaniyat » Shakiraning konserti ikki million muxlisni bir joyga jamladi