143
Ziroat Mirziyoyeva Marg‘ilonda ilk bor tashkil etilgan inklyuziv ijodiy festivalda ishtirok etdi
Marg‘ilonda ilk bor tashkil etilgan inklyuziv ijodiy festivalda Qarshi, Toshkent, Andijon, Nukus va Marg‘ilondagi Zamin Creative studiyalarining yangi ishtirokchilari va bitiruvchilari qatnashdi. Bu haqda “Zamin” xalqaro jamoat fondi xabar berdi.
Foto: “Zamin” xalqaro jamoat fondi
Ma’lum qilinishicha, festival yoshlarga birgalikda ijodiy loyihalarni amalga oshirish uchun ajoyib imkoniyat bo‘ldi. Media yo‘nalishida ishtirokchilar dunyoga mashhur rishtonlik kulol Alisher Nazirov va Yodgorlik ipak matolari fabrikasi bilan hamkorlikda “Nigoh” ko‘rgazmasini tayyorladi.
Foto: “Zamin” xalqaro jamoat fondi
“Yosh aktyorlar o‘zlarining sahna ko‘rinishlarida daraxtlar kesilishi va dengizlar qurishi kabi muhim ekologik mavzularni ko‘tardi. Yosh dizaynerlar ”birgalikda, bir butun bo‘lish” g‘oyasini asos qilib, milliy quroq usuli, ya’ni mayda parchalardan bir butun buyum yaratish an’anasi orqali insonning tabiatga mehribon munosabatini ochib berdi.
Foto: “Zamin” xalqaro jamoat fondi
Ziroat Mirziyoyeva bolalarni festival muvaffaqiyatli yakunlangani bilan tabrikladi, ijodiga muvaffaqiyatlar, o‘z salohiyatini ro‘yobga chiqarish sari yo‘lda to‘liq erkinlik, shodlik va ilhom tiladi”, – deb yoziladi xabarda.
Foto: “Zamin” xalqaro jamoat fondi
Shuningdek, Farg‘ona tumanining “Do‘stlik” mahallasida Ziroat Mirziyoyeva issiqxona xo‘jaligi bo‘yicha amaliy treninglarda ishtirok etayotgan ekomaktab o‘quvchilari va o‘qituvchilarga qo‘shildi.
Foto: “Zamin” xalqaro jamoat fondi
FAO ekspertlari va issiqxona egalari o‘z misollarida “aqlli” issiqxonaning imkoniyatlarini qiziqarli tarzda ochib berdi, samarali tabiatni asrovchi ko‘nikmalarning qo‘llanilishi hosildorlikni oshirishga, tabiiy resurslarni saqlab qolishga imkon berishini bolalarga ko‘rsatib berdi.
Foto: “Zamin” xalqaro jamoat fondi “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
Shavkat Mirziyoyev Rossiya bosh prokurori bilan uchrashuv o‘tkazdi
2026 yilda bo‘lajak mundialning favoritlari reytingi taqdim etildi
Zelenskiy Putin borasida bayonot berdi: “Tinchlikni istaganlar yuziga tupurmoqda”
Qozog‘iston Ukraina atrofidagi vaziyat tufayli harbiy va fuqarolik obyektlari xavfsizligini kuchaytirdi
O‘mon sultonligi elchisi: «Urushlarni harbiy kuch bilan hal qilib bo‘lmaydi»
Befoyda va qimmat: shifokorlar tavsiya etmaydigan 5 turdagi biologik faol qo‘shimchalar
Putin Ukrainadagi obyektga ballistik raketa zarbasi berilganini e’lon qildi