Tarixiy janrdagi “Islomxo‘ja”, “Ilhaq” va “Yalangto‘sh Bahodir” filmlari rejissyori va ssenariy muallifi Jahongir Ahmedov o‘zining Facebook'dagi sahifasida jadidlarni tasvirlashda ularni mag‘lub qilib ko‘rsatish usulidan foydalanmaslik kerakligi haqida yozib chiqdi. Kun.uz kinossenariychining fikrlarini quyida to‘liq keltiradi.
“Jadidlarimizni targ‘ib qilamiz deb aslida buning teskarisini qilayotganimizni anglamayapmiz. Qachon jadidlar masalasiga to‘xtalsak, albatta, ularning mazlum, ezilgan, abgor va eng achinarlisi, milliy qahramonlarimizning MAG‘LUB qiyofalari aks etgan rasmlarini tirkayveramiz. Maqolalar, postlar, ma’ruzalarning hammasi jadidlarning qatag‘on qilingan davri, NKVD tomonidan ayovsiz qiynoqlarga solingani, oxir-oqibat otib yuborilgani to‘g‘risida bo‘ladi.
Jadidlar haqida ishlangan filmlarning aksariyati og‘zi-burni qonga bo‘yalgan millat oydinlari, qovog‘i uyulgan, har gapida stol mushtlaydigan NKVD xodimlari bilan boshlanadi. Jadidlarimizning fojiali taqdirlari butun millatimizni qayg‘uga solishi tabiiy. Lekin ular MAG‘LUB edilarmi?! Yo‘q! Aslida jadidlar G‘OLIB edilar! Ularni jisman yenga olishgan, ammo g‘oyaviy emas. Agar g‘oyaviy yenga olganlarida, o‘ldirmagan bo‘lardilar. Bunga “o‘lmay qolgan”larning ijodlari qanday gullab-yashnagani ham yaqqol misol bo‘la oladi.
Nima, Qodiriy 1935 yilda tug‘ilib, 1938 yilda otilganmi? Cho‘lpon 1937 yilda tug‘ilib, 1938 yilda otilganmi? Usmon Nosir-chi? Ularning ijodi gullab-yashnagan davrlar bo‘lmaganmi? Bolaliklari, yoshliklari bo‘lmaganmi? Qodiriy qanday Qodiriy bo‘ldi? U qaysi buloqlarning suvidan simirib ulg‘aygan? Uni nima uchun qatag‘on qilishdi? Nima uchun butun boshli tuzum birgina yozuvchini yenga olmadi?
Sulton Abdulhamid aslida Usmonli sultonlar ichidagi eng ko‘p tanazzulga uchragani, Usmonlilar imperiyasi inqirozini boshlab bergani emasmi? Aynan u bilan buyuk saltanat poyoniga yetmadimi? Endi e’tibor bilan bir qarang-chi, turklar Abdulhamidni qanday qiyofada ko‘ryapti va boshqalarga ham ko‘rsatyapti? Mag‘rur, viqorli, salobatli. U haqidagi film yoki seriallarni tomosha qilarkansiz, "Sulton Abdulhamid ma’nan va g‘oyaviy jihatdan yengilmagan buyuk hukmdor bo‘lgan!" degan xulosani olasiz. Nafaqat xulosa olasiz, balki bunga ishonasiz ham. Ishontirilasiz!
Jadidlar haqida so‘z borganda, albatta, qatag‘on yillarini eslamay o‘tishning imkoni yo‘q. Ammo oydinlarimizning hayoti faqat qatag‘ondan iborat bo‘lmagan, qatag‘on ular umrining so‘ngi, fojiali yakuni xolos. Ular millat uchun yonib yashagan, mag‘rur va yengilmas bo‘lganlar. Biz o‘z kitoblarimiz, maqolalarimiz hamda filmlarimizda jadidlarning ana shunday qiyofalarini chizishimiz kerak. Mag‘rur va g‘olib”, – deb yozgan Ahmedov. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
Zelenskiy Putin borasida bayonot berdi: “Tinchlikni istaganlar yuziga tupurmoqda”
O‘mon sultonligi elchisi: «Urushlarni harbiy kuch bilan hal qilib bo‘lmaydi»
2026 yilda bo‘lajak mundialning favoritlari reytingi taqdim etildi
Italiya sudi Quddus Isroil poytaxti emasligi haqida qaror chiqardi
Qozog‘iston Ukraina atrofidagi vaziyat tufayli harbiy va fuqarolik obyektlari xavfsizligini kuchaytirdi
Befoyda va qimmat: shifokorlar tavsiya etmaydigan 5 turdagi biologik faol qo‘shimchalar
Xalqaro jinoyat sudining orderi Isroilni nega qo‘rqityapti?