19:49 / 16.07.2024
4

Shakira Amerika kubogi finalidagi 8 daqiqalik chiqishi uchun qancha gonorar oldi? (video)

Shakira Amerika kubogi finalidagi 8 daqiqalik chiqishi uchun qancha gonorar oldi? (video)
Foto: Copa America
Kolumbiyalik xonanda Shakiraning 2024 yilgi Amerika kubogi finali tanaffus vaqtida o‘zining kichik konserti uchun qancha pul olgani ma’lum bo‘ldi. Bu haqda “Vesti.kz” nashri xabar berdi.

Amerika Kubogi uchun bo‘lib o‘tgan o‘yinda ilk bor muxlislarga Super Kubok uslubidagi musiqiy shou taqdim etildi. Unda Shakira o‘zining hit qo‘shiqlari bilan chiqish qildi. Xonanda qiziqarli va maxsus effektlarga to‘la shoudan qariyb 2 million dollar ishlab oldi. Argentinalik jurnalist Xuan Echegoyen Mitre Live nashrida bu haqda ma’lumot qoldirdi:

Bunday tadbirlarga qilingan sarf-xarajatlar albatta barchamizni hayratga soladi. Shunga qaramay, tajribalardan ma’lumki, futbolga kiritilgan sarmoya doim o‘z samarasini beradi”.

Qariyb 8 daqiqa davom etgan shouda Shakira “Hips Don't Lie”, “Te Felicito”, “TQG” va “Punteria” nomli 4 ta qo‘shig‘ini ijro etdi.

O‘yindagi tanaffus 25 daqiqa davom etdi, mini konsertning o‘zi sakkiz daqiqa bo‘lib o‘tdi. Qolgan vaqt katta sahna va qo‘shimcha jihozlarni o‘rnatish va demontaj ishlari uchun sarflandi. Shou sababli futbol tanaffusining cho‘zilishi va o‘yinning kechikishi ba’zi muxlislar tomonidan tanqid qilindi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Madaniyat » Shakira Amerika kubogi finalidagi 8 daqiqalik chiqishi uchun qancha gonorar oldi? (video)