Foto: Fotolia / Karelin Dmitriy
Qozog‘iston poytaxti Ostonada mintaqa davlatlarining vakolatli ommaviy axborot vositalari vakillari maslahat yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi, deb xabar berdi Qozog‘iston Madaniyat va axborot vazirligi.
Unda hamkorlikni mustahkamlash va mintaqaning axborot makonini rivojlantirish masalalari muhokama etildi. Tadbirda Qozog‘iston, Tojikiston, O‘zbekiston va Qirg‘iziston vakillari ishtirok etdi.
Qayd qilinishicha, yig‘ilishda ommaviy axborot vositalari sohasida global muammolarga qarshi kurashish bo‘yicha birgalikdagi sa’y-harakatlar muhimligi ta’kidlangan.
Ishtirokchilar, shuningdek, mediasavodxonlikni oshirish va soxta xabarlarga qarshi kurashish masalalarini muhokama qilgan.
Yana bir asosiy masalalardan biri Markaziy Osiyoda yagona axborot makonini yaratish bo‘lgan. Tomonlar axborot xavfsizligi va madaniy almashinuvni mustahkamlash uchun mintaqaviy umumiy telekanal va media platforma yaratish g‘oyalarini ko‘rib chiqqan. “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
Ukraina Kursk oblastida egallab olgan hududlarining 40 foizdan ortig‘ini yo‘qotdi
Metabolizm sekinlashganining belgilari
Har payshanba jismoniy tarbiya va sport kuni sifatida belgilanadi
Turkiya o‘zining birinchi kvant kompyuterini taqdim etdi
Josep Borrel: “Xalqaro jinoyat sudining Netanyaxuni hibsga olish bo‘yicha qarori ijro etilishi shart”
Putin Ukrainadagi obyektga ballistik raketa zarbasi berilganini e’lon qildi
Husiylar Isroil aviabazasiga gipertovushli raketa bilan zarba berdi