21:17 / 19.08.2024
384

Ozodbek Nazarbekov: “Oxirgi vaqtlarda madaniy tadbirlar ko‘payib ketdi”

Ozodbek Nazarbekov: “Oxirgi vaqtlarda madaniy tadbirlar ko‘payib ketdi”
Foto: AOKA
O‘tkazilayotgan madaniy tadbirlar kamaytiriladi. Bu haqda 16 avgust kuni AOKAda o‘tkazilgan matbuot anjumanida madaniyat vaziri Ozodbek Nazarbekov ma’lum qildi.

Ozodbek Nazarbekning aytishicha, haqiqatan ham oxirgi yillarda madaniy tadbirlar ko‘payib ketgan va buni vazirlik ham e’tirof etadi.

"Tadbirlarni optimallashtirish bo‘yicha rejalar oldik. Boshida turizm salohiyatini oshirish uchun ham juda ko‘p tadbirlar bo‘lishi kerak degan dastur asosida tadbirlarni ko‘paytirdik. Lekin endilikda mana shularning orasidan qaysi biri bizni islohotlarimizga xizmat qilayotgan bo‘lsa olib qolib, qaysi biri hech narsa bermayotgan bo‘lsa, birlashtirish yoki kamaytirish ustida ishlayapmiz. Bu kelgusi yildan tartibga tushadi", dedi Ozodbek Nazarbekov.

Vazirning qo‘shimcha qilishicha, eng natijador yoki xalqning etnografik san’atiga aloqador bo‘lgan barcha festival va tadbirlar saqlab qolinadi.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Madaniyat » Ozodbek Nazarbekov: “Oxirgi vaqtlarda madaniy tadbirlar ko‘payib ketdi”