64
Sherzod Ergashev 10 mln marta tinglangan musiqasi, jar yoqasidagi san’at hamda ilk konserti haqida gapirdi
Musiqa ixlosmandlariga “Ota-onang topilmaydi” qo‘shig‘i bilan yaxshi tanish xonanda va sozanda Sherzod Ergashev “Daryo”ga intervyu berdi hamda suhbat davomida yakkaxon konsert dasturiga tayyorgarlik ko‘rayotgani hamda o‘zbek milliy musiqa san’atidagi muammolar haqida gapirdi.
— Ko‘pchilik hozir noyob jihatni sizda ko‘radi. Ham qo‘shiq aytib ham sozni chalasiz. Bu kam uchraydigan holat. Asli sozandamisiz?
— San’atkorlar oilasida tug‘ilganman. Rahmatli otam ustoz san’atkor Sherali Jo‘rayev bilan tor cholg‘usini chalib, ancha yillar davomida bir guruhda ijod qilgan. 1993 yildan 2017 yilgacha birga ishlashgan. Eng yaqin, ishongan do‘stlaridan biri bo‘lganlar. Otam ham iste’dodli xonanda, ham sozanda edi. Ularning ustozlari Rustam qori Tursunov ham xuddi shunday iste’dod egasi bo‘lgan. O‘zim yoshligimdan tor sirlarini yaxshi o‘zlashtirganman, ustozlar bilan ko‘p davralarda birga bo‘lardik. Otam: “Xonandalikdan oldin sozandalikni mukammal o‘rganishing shart. Sozni mukammal chala olmagan xonanda — xonanda emas” degan. San’at maktabi va kollejida, keyin pedagogika universitetida o‘qidim, lekin baribir eng birinchi ustozim otam bo‘lgan. Oliygohda o‘qiyotganimda mutatsiya ya’ni ovoz o‘zgarish davrida sozandalik, ovozim joyiga tushgach xonandalik qildim. Odamlarning nazariga xonandalikdan ko‘ra sozanda sifatida tushdim.
Xalqimizda torda faqat og‘ir, g‘amgin kuylar ijro etiladi, degan fikr bor. Karantin vaqtlarida Maykl Jeksonning “They don't care about us” qo‘shig‘ini torda musiqa tarzida ijro qildim. Bu chet elliklarning ham nazariga tushdi va eronliklar ijtimoiy tarmoqlar orqali bizda ham torda ijod qiladiganlar bor deb duet takliflari bilan chiqishdi. Duet kuyladik, duetimizga boshqa davlatlarda ham yaxshi fikrlar bildirildi.
— Torda chel el kuylarini chalganda ohang taraflama qiyin bo‘lmaydimi?
— Bunga alohida mehnat kerak, ustida ancha ishlandi. Baribir ohanglar o‘zbekchaga tortib ketadi. Eronlik san’atkor qiz bilan “Faridam” nomli kuy ijro etdik, bu bizga Maykl Jeksonning kuyidan-da, ko‘proq mashhurlik olib keldi. Tinglovchilar qalbidan o‘rin egalladi, albatta.
Xonanda “Ota-onang topilmaydi” qo‘shig‘i bilan xalq nazariga tushgan.
— “Ota-onang topilmaydi” qo‘shig‘i tojikistonlik san’atkor Alisher Ilmolimovga tegishli. O‘zimga bu qo‘shiq yoqqani uchun ijro qildim va bunga xalqning mehri tushdi desam bo‘ladi. Ko‘pchilik meni aynan shu qo‘shiq bilan tanidi. “Jon qizim”, “Shoshma, quyosh”, “Dunyo go‘zali” qo‘shiqlari ham xalq e’tirofiga tushdi, xizmatlarda ham shu qo‘shiqlarni aytishimni so‘rashadi.
— Qanday yangiliklar, g‘oyalar ustida ishlayapsiz?
— Har kuni shu haqida o‘ylayman, izlanishdaman. Bir kuni ko‘chada bir ayol mushugiga qoshiqda sut berayotganini ko‘rib qoldim. Mushuk ham ohang bilan ichayotgandi (kulib). O‘ylab qoldim, shuni ham kuyga solib ko‘raychi deb. Kompyuter va o‘zimizni texnikalar orqali kuyni yaratdim, noodatiy chiqdi. Facebook, Twitter, Tik Tok'da juda tarqaldi, ikki kunda 10 millionlar ko‘rishlar bo‘ldi va yevropalik musiqachilar duet tarzida ergashdi. Baraban, saksofon va udda jo‘r bo‘lib videolar joylashdi. Videoga O‘zbekiston deb yozib bayroqni ham qo‘ygandim, qo‘shiq juda katta mashhurlikka erishdi.
Xonanda yoshlarni milliy musiqaga qiziqtirish haqidagi fikrlari bilan ham o‘rtoqlashdi.
— O‘zim xonandalikdan tashqari musiqa san’atidan dars beraman. Tor orqali yevropacha musiqalarini chalishdan maqsadim ham yoshlarni milliy cholg‘u asboblariga muhabbatini oshirish bo‘lgan. Nega faqat gitara bo‘lishi kerak? Meni qiynaydigan mavzu — boshqa davlatlarda o‘zining milliy musiqasiga e’tibor katta, ular hech kimga ergashmaydi, masalan, Ozarbayjon, Turkiyada.
— Bilamizki xonandalar to‘ylarda asosan sho‘x-shodon qo‘shiqlar aytadi, bir gap bilan aytganda sokin kuylaringiz tirikchilikka xalal berib qolmaydimi? To‘ylardagi xizmatingiz narxi qancha?
— Yaxshi qo‘shiq hech qachon tirikchilikka xalal bermaydi, ochig‘i. Xizmatim qimmat emas, xalqbop, cho‘ntak ko‘taradigan (kulib). Xalqimizning iqtisodiy holatidan kelib chiqqan holda. Viloyatlarga ko‘p chaqirishadi. Unda albatta, Toshkentdagi to‘ylardan narxi bir oz balandroq bo‘lishi tabiiy.
— San’atkor bir oz mashhurlikka erishgach, konsert berishni xohlab qoladi. Sizda konsert rejasi qanday?
— Konsert bu muxlislarning talabi. Qachon konsert berasiz, maza qilib eshitaylik deydiganlar ko‘paydi. Muxlislarning talab va taklifiga ko‘ra 1 oktyabrda “Xalqlar do‘stligi” san’at saroyida bir kun ilk yakkaxon konsert berishni rejalashtirdim. Yangi kuy-qo‘shiqlar ko‘p bo‘ladi. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Xalqaro jinoyat sudi Isroil bosh vaziri Netanyaxuni hibsga olishga order berdi
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
Josep Borrel: “Xalqaro jinoyat sudining Netanyaxuni hibsga olish bo‘yicha qarori ijro etilishi shart”
Putin Ukrainadagi obyektga ballistik raketa zarbasi berilganini e’lon qildi
Befoyda va qimmat: shifokorlar tavsiya etmaydigan 5 turdagi biologik faol qo‘shimchalar
Zelenskiy Putin borasida bayonot berdi: “Tinchlikni istaganlar yuziga tupurmoqda”
Diniy qo‘mita Umra ziyoratini tashkil qilish uchun 12 ta turfirmaga litsenziya berdi
Ukraina Kursk oblastida egallab olgan hududlarining 40 foizdan ortig‘ini yo‘qotdi