Foto: “RBK”
Leonid Gaydayning 1967 yilda premerasi bo‘lgan “Kavkaz asirasi yoki Shurikning yangi sarguzashtlari” komediyasida tomoshabinlarga allaqachon tanish bo‘lgan personajlar paydo bo‘ladi. Bu Shurikning o‘zi bo‘lib, uning sarguzashtlari “I operatsiyasi” filmida boshlangan. Shuningdek, komediya uchligining mashhur qahramonlari — aktyorlar Georgiy Vitsin, Yuriy Nikulin va Yevgeniy Morgunovlar gavdalantirgan uch xil personaj.
Syujeti hammaga yaxshi tanish bo‘lgan filmda kino ijodkorlari gazetada Kavkazda kelin olish va qiz berish an’analari haqida hikoya o‘qiydi. Unga ko‘ra, “tog‘li hududlardan biriga” ilmiy-etnografik ekspeditsiyaga borgan folklor yig‘uvchi Shurik qizning o‘g‘irlanishi bilan bog‘liq voqeaga aralashib qoladi.
Ehtimol, ushbu komediyani tomosha qilayotganda ko‘pchilik bitta g‘alati holatni payqadi — Shurik sochining rangi film davomida o‘zgarib qolaveradi.
Soch rangi
Foto: “RBK”
Dastlab qahramon ekranda kulrang-sarg‘ish rangda paydo bo‘ladi, keyin uning sochlari bug‘doyrangni oladi. Bundan tashqari, rangning keskin o‘zgarishi deyarli har bir sahnada sodir bo‘ladi. Javob shuki, Shurik rolini ijro etgan Aleksandr Demyanenko tabiatan qora soch egasi edi. Bu rol uchun u sochlarini sariq rangga bo‘yashiga to‘g‘ri kelgan. Filmni suratga olish jarayoni bir necha oy davom etgani sababli vizajistlar doimiy ravishda aktyorning soch rangini yangilab turishlari kerak edi. Qolaversa, film sahnalari filmdagi xronologik tartibda suratga olinmagani bois rejissyorlar hammasini o‘z holicha qoldirishgan.
Foto: “RBK”
Ushbu film ekranlarda paydo bo‘lishidan oldin uzoq vaqt senzuradan o‘tgani ham sir emas. Ma’lum bo‘lishicha, filmdagi mashhur qo‘shiq — “Sulton bo‘lsam ...”ning bir qismi tinglovchilarga yetib bormagan. “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
Turkiya o‘zining birinchi kvant kompyuterini taqdim etdi
Har payshanba jismoniy tarbiya va sport kuni sifatida belgilanadi
Italiya sudi Quddus Isroil poytaxti emasligi haqida qaror chiqardi
Metabolizm sekinlashganining belgilari
Xalqaro jinoyat sudining orderi Isroilni nega qo‘rqityapti?
2026 yilda bo‘lajak mundialning favoritlari reytingi taqdim etildi
Ramzan Qodirov G‘arb davlatlariga hujum qilishga chaqirdi: “Haqiqiy urush qandayligini his qilishsin”