00:30 / 09.09.2024
5

Ukraina prezidenti haqida hujjatli film suratga olindi

Ukraina prezidenti haqida hujjatli film suratga olindi
Foto: BBC
BBC Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy haqida “Zelenskiy hikoyasi” (“The Zelensky Story”) nomli hujjatli filmni taqdim etdi. Filmda siyosatchining komediyachilikdan davlat rahbari darajasigacha bosib o‘tgan yo‘li tasvirlangan.

Serial bir soatlik uch qismdan iborat. Unda Ukraina tarixining asosiy voqealari, jumladan, mustaqillik e’lon qilinishi, “Yevromaydon” inqilobi va Rossiyaning keng ko‘lamli hujumi haqida so‘z boradi. Shuningdek, serialda Zelenskiyning so‘nggi 5 yil davomida boshdan kechirgan o‘zgarishlari ham tasvirlangan.

Hozirda serialni faqat Buyuk Britaniya aholisi ko‘ra oladi. Uning rejissyori Maykl Uoldman hisoblanadi. Serial tasmasida prezident va uning rafiqasi – birinchi xonim Yelena Zelenskaya bilan o‘tkazilgan intervyu ham kiritilgan.

Komediyachi, aktyor, prezident, qo‘mondon — o‘z so‘zlari bilan aytganda. Dunyoning eng mashhur liderlaridan birining g‘ayrioddiy hayoti va Ukrainadagi urush qanday qilib hamma narsani o‘zgartirib yuborgani haqida”, deyiladi serial tavsifida.

Birinchi qismning premerasi 4 sentyabr kuni bo‘lib o‘tdi. Unda Krivoy Rogdagi KVN jamoasida o‘z yo‘lini boshlagan Vladimir Aleksandrovichning muvaffaqiyatli komediyachilik faoliyati haqida hikoya qilinadi. Ikkinchi qismdayoq Zelenskiyning siyosatdagi dastlabki qadamlari va prezidentlik lavozimidagi sinovlar tasvirlangan. Uchinchi qismda esa uning katta urush davrida davlatni boshqarishi ko‘rsatilgan.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Madaniyat » Ukraina prezidenti haqida hujjatli film suratga olindi