O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti vazifasini bajaruvchi Shavkat Mirziyoyev «Alkogolli mahsulotlar bilan chakana savdo qilish qoidalariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida»gi qarorni imzoladi. Bu haqda "Diydoraziz" sayti xabar berdi.
Endilikda:
— savdo avtomatlari orqali;
— bolalar o‘yinchoqlari, konfetlar yoki bolalar assortimentiga kiruvchi boshqa tovarlarni imitasiya qiluvchi (shularga o‘xshatib ishlangan bo‘lsa) alkogolli mahsulotlarni sotish taqiqlanadi.
Bundan tashqari, savdo qilinayotgan joylarda yigirma yoshga to‘lmagan shaxslarga uni sotishga yo‘l qo‘yilmasligi, shuningdek alkogolli mahsulotlarning inson sog‘lig‘iga zararli ta’siri to‘g‘risidagi ogohlantiruvchi yozuvlar bo‘lmagan hollarda;
alkogolli mahsulotlarning tarasida alkogolli mahsulotlarni iste’mol qilish inson sog‘lig‘iga zararli ta’sir qilishi to‘g‘risida matn va (yoki) rasm shaklidagi tibbiy ogohlantirish mavjud bo‘lmagan hollarda ham ularni sotish mumkin bo‘lmaydi.
Yana bir qo‘shimchaga ko‘ra, «Alkogolli mahsulotlar bilan savdo qilayotgan sotuvchi yigirma yoshdan kichikroq ko‘ringan xaridordan uning yoshini tasdiqlovchi hujjatni ko‘rsatishni talab qilishi, hujjat mavjud bo‘lmagan taqdirda esa alkogolli mahsulot sotishni rad etishi shart» “Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Moskva aeroportlarida 1000 ga yaqin tojikistonlik qolib ketdi
Asab tolalarini mustahkamlashda muhim bo‘lgan vitaminlar
Chet el valyutalarining o‘zbek so‘miga nisbatan yangi qiymati belgilandi
Jasur Jaloliddinov: "Gol o‘tkazmayotganimizga sabab butun jamoaning mehnatkashligi"
Hatto meva mumkin emas: jigar uchun zararli uch odat
Germaniyada rossiyalik shaxs ikki ukrainalik harbiyni pichoqladi
Saloh va Klopp hammaning oldida bahslashdi. «Liverpul»da yana yo‘qotish
Pentagon rahbari Xitoyni AQSHning asosiy raqibi deb atadi