Foto: FB/ Fazliddin Madiyev
“O‘zbekistonning birinchi prezidenti Islom Karimov: Milliy g‘oyaning shakllanishi” nomli tadqiqot muallifi Dr. Ismoil Po‘lat. Asar muqovasida siyosatchining rafiqasi Tatyana Karimova va tarix fanlari doktori, professor Timur Shirinovlarning ham fikrlari bor.
Muallifga ko‘ra, tadqiqot Islom Karimovning davlat qurilishi jarayonida tutgan o‘rnini ochib beradi va milliy o‘zlikni “Tarixshunoslik”, “Til”, “Din” va “Ramzlar” kabi davlat qurish parametrlari orqali o‘rganadi. O‘ziga xosliklar o‘rtasida qanday bog‘liqlik mavjudligini tushuntiradi.
“Bu jarayonda Karimov etnik muammolarning nizolarga aylanib ketishi oldini olish, shuningdek, o‘z siyosiy hokimiyatini saqlab qolish maqsadida eski etnik madaniyatlar soyasida shakllangan o‘zbek millatining “Milliy mafkurasi”ni namoyon etdi. O‘zbekistonda “Milliy mafkura” millatchilik tarixshunosligi orqali taqdim etilib, til orqali targ‘ib qilinib, din orqali ulug‘lanib, timsol va afsonalar orqali muqaddaslashtirildi. Tadqiqotda mazmun va nutq tahlili kabi sifatli tadqiqot usullaridan foydalanilgan”, — deyiladi kitob haqida nashriyot tomonidan yozilgan ma’lumotda.
Joriy yil 1 avgust kuni “Ostona” nashriyot uyida chop etilgan kitob 324 sahifadan iborat, narxi 650 lira — 243 ming so‘m. “Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
Qozog‘iston Ukraina atrofidagi vaziyat tufayli harbiy va fuqarolik obyektlari xavfsizligini kuchaytirdi
Xalqaro jinoyat sudining orderi Isroilni nega qo‘rqityapti?
2026 yilda bo‘lajak mundialning favoritlari reytingi taqdim etildi
Ramzan Qodirov G‘arb davlatlariga hujum qilishga chaqirdi: “Haqiqiy urush qandayligini his qilishsin”
Shavkat Mirziyoyev Rossiya bosh prokurori bilan uchrashuv o‘tkazdi
O‘mon sultonligi elchisi: «Urushlarni harbiy kuch bilan hal qilib bo‘lmaydi»
Italiya sudi Quddus Isroil poytaxti emasligi haqida qaror chiqardi