12:47 / 27.10.2024
83

Tanib bo‘lmas darajada vazn tashlagan hind aktrisalari (foto)

Tanib bo‘lmas darajada vazn tashlagan hind aktrisalari (foto)
Foto: Bollywoodtime
Mukammal siluet har bir ayol uchun nihoyatda muhim mavzudir. Chiroyli qomatni saqlab qolish qiyinlashib borayotgan bir vaqtda jismoniy mehnat va parhez yordamga kelmoqda. Stress, uyqusizlik, avitaminoz, ayniqsa, tug‘uruqdan keyingi davr, gormonal o‘zgarishlar kabi sharoitda ham ayollar go‘zallikni saqlash uchun har qanday usulni o‘ylab topadi. Bu borada yulduzlar ancha peshqadam hisoblanadi.

Ayshvariya Ray

Ayshvariya doimo o‘zining betakror ko‘rinishi bilan mashhur bo‘lgan. Bo‘yi 170 santimetr bo‘lgan aktrisaning vazni 55 kilogrammdan oshmagan. Biroq 2011 yilda qizini dunyoga keltirganidan so‘ng, 25 kilogramm ortiqcha vazn to‘plagan. U avvalgi holiga kelishi uchun taxminan 2 yil vaqt sarfladi.

Foto: Bollywoodtime
Buning uchun aktrisa go‘shtdan butunlay voz kechgan. Uning parhezi guruch, sabzavot, baliq va dengiz mahsulotlariga asoslangan. Faqat limon va quritilgan mevalarni iste’mol qilgan. Kun davomidan 2 litr suv hamda juda foydali ziravorlar tanovul qilgan. Ular modda almashinuvi jarayonini yaxshilab, to‘qimalardagi yog‘ni eritishda yordam bergan. Ayshvariya ikki soatlik yoga va meditatsiya mashg‘ulotlarini ham muntazam olib borgan.

Karina Kapur

Foto: Bollywoodtime
Karina hech qachon ozg‘in bo‘lmagan, ular oilaviy ovqatni yaxshi ko‘radi. Odatda aktrisaning vazni 70 kilogramm atrofida bo‘lgan. Ammo 2008 yilda “Umidsiz” filmida suratga tushish uchun bir necha kilogramm vazn yo‘qotishiga to‘g‘ri kelgan. Natijada u 40 kilogramm vaznga ega bo‘lgan. Maxsus yoga va ko‘katli oziq-ovqatlar tufayli 20 kilogramm vazn yo‘qotgan. Keyinchalik bir necha yillar davomida 50 kilogramm vaznda yurdi, ammo tug‘uruqdan keyin yana 29 kilogramm ortiqcha vaznga ega bo‘lgan.

Sonam Kapur

Foto: Bollywoodtime
Sonamning ilk debyutidan avvalgi vazni 90 kilogrammni tashkil etgan. Ammo u filmdagi ijrosi uchun 56 kilogramm bo‘lishga erishgan. Buning uchun u go‘sht mahsulotlaridan butunlay voz kechgan. Bundan tashqari u suzish, yoga va raqs bilan muntazam shug‘ullanadi.

Pariniti Chopra

Foto: Bollywoodtime
Go‘zal Pariniti Bollivudda o‘z karyerasini boshlash uchun 28 kilogramm vazn tashlashiga to‘g‘ri kelgan. U qomati borasidagi tanqidlarni tez-tez eshitib turgan va yaxshi natijaga erishishga muvaffaq bo‘lgan. Aktrisaning so‘zlariga ko‘ra, u sportni yoqtirmaydi, lekin yoga, suzish, ot minish va yugurish bilan shug‘ullanadi. Shuningdek, kam uglevodli parhezga ham rioya qiladi.

Zarina Xon

Foto: Bollywoodtime
Zarina ham debyutidan avval 100 kilogramm og‘irlikda edi. Kadrga munosib ko‘rinish uchun 57 kilogramm bo‘lishga erishgan. Uning so‘zlariga ko‘ra, o‘zining go‘zal qomatini saqlab qolishi uchun parhezga muntazam rioya qilish, jismoniy faollik, haftasiga 3—4 marta yugurish kabi mashg‘ulotlar bilan shug‘ullanadi. Vaqti-vaqti bilan aktrisaning vazni ortib turadi, ammo oldingidek ko‘rsatkichni tashkil etmaydi.

Sonakshi Sinxa

Foto: Bollywoodtime
Aktrisa Salmon Xon bilan ishtirokidagi “Qo‘rqmas” filmida ilk debyutini ijro etgan. Rol uchun Sonakshi 90 dan 60 kilogrammgacha ozishga harakat qilgan. Buning uchun u to‘g‘ri ovqatlanish, kraxmalli mahsulotlardan voz kechishiga to‘g‘ri kelgan. Shuningdek, velosiped, suzish hamda yoga bilan ham shug‘ullangan. Uning so‘zlariga ko‘ra, Salmon Xon suratga tushish jarayonidan keyin ham unga qomatini saqlab qolish uchun bor kuchi bilan harakat qilishini aytib o‘tgan.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Madaniyat » Tanib bo‘lmas darajada vazn tashlagan hind aktrisalari (foto)