12:44 / 31.10.2024
139

Hande Erchel turk madaniyatini rivojlantirishga qoʻshgan hissasi uchun mukofotlandi

Hande Erchel turk madaniyatini rivojlantirishga qoʻshgan hissasi uchun mukofotlandi
Joriy yil 28 oktyabr kuni Nyu Yorkda Amerika-Turkiya jamiyati tomonidan tashkillashtirilgan “Turk kino va televidenie sanoati” gala-kontserti boʻlib oʻtdi.

Foto: The Girl
Tadbirda kino sanoati vakillari, jumladan, mamlakat madaniyatini ommalashtirish va rivojlantirishga ulkan hissa qoʻshgan shaxslar ishtirok etdi. Turk yulduzlaridan Hande Erchel, Serenay Sariaya, Halit Ergench, shuningdek, prodyuserlardan Timur Savji, Onur Gyuvenatam va Kerem Chatay jamiyat tomonidan mukofotlandi. Sovrinlarni tashrif buyurgan mehmonlarga Syuzan Sabanji topshirdi.

Foto: The Girl
Tadbirda “Qalbim eshigini qoq” seriali yulduzi Hande Erchel 1995 yilga tegishli kollektsiyadagi ajoyib Versace libosida namoyon boʻldi. Muxlislar uchun esa aktrisaning nega navbatdagi safarga Hakan Sabanji bilan chiqqani ma'lum boʻldi. Erchel qalligʻining barcha oila a'zolari ham ushbu tadbirda ishtirok etdi, chunki gala-kontsert Sabanjilarga tegishli jamgʻarma tomonidan tashkil qilindi.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Madaniyat