11 noyabr kuni Leonardo Di Kaprio 50 yoshga to‘ladi. Leonardo ko‘plab munosabatlari (xususan, oxirgi yillarda) va “Oskar” mukofotini qo‘lga kiritish uchun kurashgan motivatsion hikoyasi bilan tanilgan. Nima uchun u hanuz oila qurmagan, bo‘lajak rafiqasi qanday bo‘lishi kerak va qaysi film uchun hozirgacha yagona “Oskar”ini qo‘lga kiritgan? Keling, bu savollarga birgalikda javob izlaymiz.
Kamera oldida o‘tgan bolalik
Bo‘lajak yulduz bolaligidanoq reklama roliklarida suratga tushgan. 2,5 yoshida otasi uni bolalar shousining kastingiga olib borgan va u yerda kichik rol o‘ynagan. Yillar davomida uning filmografiyasi kengaydi. Leonardo o‘sha yoshidayoq tabiatning ekologik muammolaridan xavotirlanib, o‘rmonlarning kesilishi, suv havzalarining qurishi va hayvonlarning yo‘q bo‘lib ketishi haqidagi hujjatli filmlarni ta’sirlanib tomosha qilardi.
Leonardo ilk bosh rolini 18 yoshida “Bu bolaning hayoti” filmida ijro etadi. Bu filmda u taniqli aktyor Robert De Niro bilan birga suratga tushadi. De Niro uni o‘nlab nomzodlar orasidan tanlab olgan. Kasting jarayonida Leonardo “sinovdan o‘tish” uchun hech kimnikiga o‘xshamagan sahnani ijro etgan, bu esa De Nironi hayratda qoldirgan.
“Oskar”gacha bo‘lgan mashaqqatli yo‘l
Di Kaprio 1994 yilda ilk bor “Oskar” mukofotiga nomzod bo‘lgan. U o‘sha paytda “Gilbert Greyp nimani his qilmoqda?” dramasida aqliy rivojlanishida muammolari bor Arni Greyp rolini ijro etgandi. Leonardo bu obrazni haqiqatga yaqinroq aks ettirish uchun maxsus muassasalarda davolanayotgan bolalar bilan ko‘p vaqt o‘tkazadi. U bu rol orqali bunday bolalarning dunyoqarashini to‘g‘ri aks ettirishni juda istagan.
Shon-shuhrat va muvaffaqiyat
Di Kaprioning haqiqiy muvaffaqiyat davri “Romeo+Juliyetta” va “Titanik” filmlaridagi rollari bilan boshlanadi. “Titanik”dagi Jek Dauson roli ayniqsa muhim edi. Film 11 ta “Oskar” mukofotini qo‘lga kiritgan bo‘lsa-da, Leonardo bu safar ham mukofotdan quruq qolgan.
O‘zi ham bir necha bor “Oskar” olishni istaganini yashirmagan. Birinchi nominatsiyadan so‘ng u yana 2005 va 2014 yillarda “Aviator” va “Uoll-strit bo‘risi” filmlari uchun nomzod bo‘lgan. Ammo uning hayotidagi eng muhim yil 2015 yil bo‘ldi, u paytda “Omon qolgan” filmidagi yovvoyi tabiatda yolg‘iz qolgan, tirik qolish uchun kurashayotgan ovchi roli uchun Leonardo “Oskar” mukofotini qo‘lga kiritadi. Shu roli sabab vegetarian bo‘lsa-da, bizonning xom jigarini yeydi, sovuqda qiyin sharoitlarda ishlaydi.
Sevgi munosabatlari
Lekin aktyorning shaxsiy hayoti esa u qadar havas qilarli emas. Di Kaprioning munosabatlari ko‘pincha yosh modellardan iborat bo‘lib, uning “25 yoshgacha” bo‘lgan ayollar bilan uchrashishi haqida hazillar ham bor. Uning sevimli xonimlari orasida bir nechta taniqli modellardan tortib, aktrisalar va boshqa mashhur shaxslar ham bor edi.
Uning birinchi “premium klass” sevgilisi daniyalik model Helen Christensen edi — bu voqea 90 yillarda bo‘lgandi.
Keyinchalik uning o‘rnini braziliyalik hamkasbi Jizel Byundxen egallaydi. Leo u bilan besh yil davomida uchrashib yuradi: 2000 yildan 2005 yilgacha.
Bir kuni yulduzdan birinchi muhabbatini eslaysizmi, deb so‘rashganida, u shunday javob bergan: "Birinchi muhabbatim? To‘g‘risini aytsam, esimda yo‘q. Darvoqe, agar bu chinakam va yagona muhabbat bo‘lganda edi, men allaqachon uylangan bo‘lardim, to‘g‘rimi?"
Isroillik model Bar Rafael ham uning yagona muhabbati bo‘lolmaydi. Ularning yoshidagi farq 10 yosh bo‘lsa-da, aktyor model bilan besh yilgina munosabatda bo‘ladi.
Keyin uni rus modeli Anna Vyalitsina bilan almashtirib, ajrashadi. Biroq bir necha oy o‘tgach, sobiqlar unashtirilish haqidagi yangilik bilan muxlislarni qiziqtirib, yarashganliklarini e’lon qilishadi. Ba’zi taxminlarga ko‘ra, aktyor modellardan aktrisalarga o‘tishga qaror qilgan, shuning uchun Bar yulduzli o‘yinni tark etishga qaror qilgan.
Uning keyingi sevgilisi Bleyk Layvli edi. Juftlik uzoq muddatli munosabatlarni o‘rnata olmaydi, shuning uchun bir necha uchrashuvlar, qimmatbaho sovg‘alar va issiq mamlakatlarda birga dam olishdan so‘ng, Layvli uni tark etadi. Aytishlaricha, aktrisa turmushga chiqib, ona bo‘lishni istagan, ammo Leo xuddi hozirgidek mas’uliyatni zimmasiga olishga tayyor emas ekan.
Ehtimol, Di Kaprio qolgan aktrisalarni oilaviy hayot tarafdorlari deb hisoblagandir, shuning uchun u Victoria's Secret yulduzi Erin Xizertonga maftun bo‘ladi. Ular bir yil birga bo‘lishadi. Undan keyin boshqa ayol modellar: Nina Agdal, Toni Garn, Kelli Rorbax, Lorena Rey va Kamila Morrone bilan tanishadi.
Di Kaprio xonimlarni oddiy va tabiiy bo‘lishiga e’tibor berishini ta’kidlagan. Uning fikricha, u sevgan ayol tabiatan samimiy va yaxshi inson bo‘lishi kerak.
Hozirda Leonardo 27 yoshli italiyalik model Vittoriya Cheretti bilan uchrashmoqda. Yaqinda Vittoriya barmog‘idagi yirik uzukni ko‘rsatganidan keyin, ularning munosabatlarini rasman mustahkamlashi haqidagi taxminlar paydo bo‘ldi. Biroq muxlislari Leonardo hanuz oila qurishga tayyor emas deb hisoblashadi.
“Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Xonanda Ruxshona uylanmagan yigitga turmushga chiqqani haqida so‘zlab berdi
Xalqaro jinoyat sudi Isroil bosh vaziri Netanyaxuni hibsga olishga order berdi
22 noyabr kuni Cobalt avtomobiliga shartnoma ochilishi e’lon qilindi
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
Diniy qo‘mita Umra ziyoratini tashkil qilish uchun 12 ta turfirmaga litsenziya berdi
Olimlar Oyning orqa tomonidan olingan tuproq namunalarini o‘rgandi
G‘azoda 2023 yil oktyabr oyidan buyon 17 mingdan ortiq bola halok bo‘lgan...
Braziliya sobiq prezidenti Jair Bolsonaru davlat to‘ntarishiga urinishda ayblanmoqda