Aktrisa Maftuna Shokirova seriallardagi emas, balki vaynlardagi roli bilan mashhurlikka erishgan aktrisa hisoblanadi. Instagram tarmog‘ida uning salkam bir yarim millionga yaqin kuzatuvchisi bor. 29 yoshni qarshilagan aktrisa qanday qilib san’at olamiga kirgan? Keling quyida bu kabi savollarga batafsil javob beramiz.
“Aktrisa bo‘lish onamning armoni”
Maftuna Shokirova 1995 yilning 17 noyabr kuni Navoiy viloyatida dunyoga kelgan. U uch o‘g‘ildan keyin dunyoga kelgan yolg‘iz qiz farzand.
Foto: Instagram / @maftunshokirova
— San’atga bo‘lgan mehr oilada shakllangan desam mubolag‘a bo‘lmaydi. Chunki tog‘am “Sarbon” guruhining solisti Farhod Saidov hisoblanadi. Onam ham bolalikdan aktrisalikka qiziqqan va bu sohada tahsil ham olgan. Ammo oilaviy sharoit va qarshiliklar sabab, ijoddan ketib boshqa ish bilan shug‘ullangan. Hozir esa seriallarda katta-kichik rollarni ijro etadi. Bolaligimdan san’atga qiziqqanim bois, Navoiy san’at va madaniyat kollejida “Drama kino aktyorligi” yo‘nalishida tahsil olganman. Undan keyin Toshkentga kelib xuddi shu yo‘nalishda institutga o‘qishga kirdim. Rostini aytsam, talabalik paytimda birorta syomkalarda ishtirok etmaganman. Institutning eng tartibli va a’lochi o‘quvchilaridan biri edim, deydi Maftuna Shokirova.
“Kastinglarga onam rasmlarimni jo‘natardi”
Maftuna Shokirova tabiatan bir oz tortinchoq bo‘lgani va uning aktrisa bo‘lishini o‘zidan ko‘proq onasi xohlagani haqida ham so‘zlab bergan.
Foto: Instagram / @maftunshokirova
— Bolaligimda juda tortinchoq qiz bo‘lganman. O‘zimni ko‘rsatishni istamasdim. Ammo o‘qishim hamisha a’lo bo‘lgan, indamay yurib ishimni bitirardim. Avvaliga menda aktrisa bo‘lishga u qadar kuchli xohish bo‘lmagan. Hatto, onam mening nomimdan kastinglarga rasmlarimni jo‘natardi. Syomkalarga ham o‘zi olib borib, rolni ijro etish borasida maslahat berardi. Hozir ham onamning maslahatisiz biror vayn yoki rol ijro etmayman, deydi aktrisa Maftuna Shokirova.
“Million bilan ijod qilolmadik”
“Drama aktyorligi” bo‘limida tahsil olgan aktrisa bugungi kunda nega faqat komediya yo‘nalishida ijod qilishini quyidagicha izohladi.
Foto: Instagram / @maftunshokirova
— Shaxsan menda komediyaga moyillik “Million” jamoasining konsertidan so‘ng paydo bo‘lgan. 2019 yilgi konsertda ishtirok etganimdan keyin ko‘pchilik shu yo‘nalishda ijod qilishni taklif qildi. “Million”ga hech qanday tanish-bilishsiz, kasting orqali borganman. U yerdagi muhit va hamjihatlik yoqqan. Afsuski, bu konsertdan keyin karantin boshlandi va guruh bilan birga ijod qilolmadik, deydi aktrisa Maftuna Shokirova.
“Qamoqxonada tanishib qolganmiz”
Aktrisa jiddiy rollari bilan tomoshabinlar e’tiboriga tusholmagani va “Qora atirgul” serialining syomkasiga jiddiy taklif berilgani haqida eslaydi.
Foto: Instagram / @maftunshokirova
— Aktrisa qaysi rol orqali ochilishini hech kim bilmaydi. Vaynlar suratga olinguncha juda ko‘p loyihalarda suratga tushganman. Kliplarda ham rol ijro etganman. Ammo meni rolda tanishlarimdan boshqa hech kim tanimasdi. 2020 yili aktrisa Anjela Yesimbetova rejissyorligida “Qora atirgul” seriali suratga olinadigan bo‘ldi. Filmda yetim qiz rolini ijro etgandim. U tuhmat sabab qamalib qoladi va qamoqxonada serialning boshqa qahramonlari bilan ham uchrashadi. Suratga olish kuni bir guruh aktrisalar bilan tushlik qilib o‘tirganimizda Indira Miftahova vayn jamoasi tashkil qilayotgani va aktrisa izlayotgani haqida aytib qolgan. Shunda Anjela Yesimbetova “Maftuna zo‘r variant, bir nechta shevalarda gapira oladi”, degan. Shunda Indira opa bilan telefon raqamlarni almashganmiz va u sabab Ozod Shukrullayev bilan tanishganman, deydi Maftuna Shokirova.
“Bu haqida gapirmaymiz deb kelishganmiz”
Afsuski, 2023 yilning aprel oyida Ozod va Maftunaning ijodiy hamkorligi nihoyasiga yetdi.
Foto: Instagram / @maftunshokirova
— Ozod aka bilan hamkorlikni to‘xtatishimizga arzimagan kichik narsa sabab bo‘lgan. Biz Ozod aka bilan bu haqda hech qayerda hech narsa gapirmaslikka kelishib olgandik. Shuning uchun nima vaziyat bo‘lganini men ochiq ayta olmayman. Hozir bu muammolar ortda qolib, o‘zimning yangi ishlarim bilan bandman. Lekin men ushbu duetdan chetga chiqarilib, yangi odam olinganini tasodifan bilib qolganman. Vaqt bo‘yicha kelishmovchiliklar bo‘lib turardi, shu sabab shunaqa bo‘ldi, deb o‘ylaganman. Lekin bu jiddiy ekan, deydi aktrisa.
“Turmushga chiqolmay yuribmanmi?”
Maftuna Shokirova hamkorining boshqa aktrisa bilan vaynlar suratga olayotganini bilib shok holatiga tushganini ma’lum qildi.
Foto: Instagram / @maftunshokirova
— Ijodimizni to‘xtatishimiz sababini hech qayerda gapirmaymiz, deb kelishgan bo‘lsak-da, ular tomonidan bu kelishuv buzildi, deb o‘ylayman. Sababi ularning yangi partnyorlarining intervyularini ko‘rib qoldim. Ular Maftuna Shokirova haqida so‘raganimda “Turmushga chiqishlari kerak ekan”, deb aytdilar, degan. Nima degani bu? Bu degani men hozir Ozod aka bilan ijod qilganimdan beri turmushga chiqolmay yuribmanmi, shunda? Odam gapirayotgan gapini o‘ylab gapirishi kerak, deydi Maftuna Shokirova.
"Men emas, u ijodni to‘xtatdi”
Maftuna va Ozodning vaynlari faqat oilaviy mavzularda bo‘lgani uchunmi ko‘pchilik ularni hayotda ham juftlik deb bilardi. Hatto Ozod Shukrulloyevga “Ayolingiz rashk qilmaydimi?” degan savollar ham ko‘p bor berilgandi.
Foto: Instagram / @maftunshokirova
— Ozod akaning ayollari bilan juda ahil edik. Ular bilan birga ovqatlanishga borardik. Ozod aka bilan hech qachon qo‘l berib ko‘rishgan emasman. Yozishmalarimiz ham hozirgacha turibdi. Ertaga qaysi vayn, qanday ssenariy bilan suratga olinadi, reklama bo‘yicha qayerga boriladi. Shular haqida gaplashganmiz faqat.
Ozod aka mengacha Shahlo Alijonova, Kumush Qosimova bilan ishlagan. Mendan ham intervyularda ular haqida so‘rashgan. Lekin men ular haqida hech nima demaganman. Ketgan odamning orqasidan vaziyatni bilmay turib, gapirish noto‘g‘ri.
Foto: Instagram / @maftunshokirova
Intervyularimdan birida turmushga chiqsam, Ozod aka bilan ijodni to‘xtataman, deganman. Lekin hamkorlikni ular to‘xtatdilar. Demak, turmushga chiqmayapman, deydi Maftuna Shokirova.
Foto: Instagram / @maftunshokirova
Maftuna Shokirova ayni damda Imona Ahmedova bilan birga yangi vaynlarni suratga olmoqda. Orada qo‘shiq ham aytib ko‘rdi, ammo u qadar muvaffaqiyatli chiqqani yo‘q. “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
O‘zi choy damlaydi va suhbatlashadi: dunyodagi birinchi “aqlli” choynak taqdim etildi (video)
Tyumen oblastiga O‘zbekistondan mehnat migrantlari ishga jalb qilinadi
Omega-3 qanday qilib ozishga yordam beradi?
Dunyoning mashhur ayollari kunni qanday boshlaydi?
Global ochlik va qashshoqlikka qarshi kurash alyansiga 82 mamlakat a’zo bo‘ldi
Turkiya Isroil prezidenti samolyotini havo hududiga kiritmadi
KXDR Rossiyaga 100 minggacha harbiy yuborishi mumkin
Ijtimoiy tarmoqlar davrida ruhiy salomatlikni qanday saqlash mumkin?