Maftuna Xolmurodova turmushga chiqmoqda: kuyov kim o‘zi?

Xonanda Maftuna Xolmurodova (Shakira) “Omon-Omon” ko‘rsatuvida muxlislarini hayratga soladigan yangilikni oshkor qildi. U turmushga chiqayotganini rasman tasdiqladi.
Ko‘rsatuv davomida boshlovchilar xonandadan: “Kutilgan to‘y bo‘lyaptimi, rostdan ham?” deya so‘rashdi. Maftuna esa tabassum bilan: “Ha, yangilik bor. Mana qo‘limda ham uzugim bor. Instagram sahifamga ham bu haqida joylaganman”, — deya javob berdi.
Boshlovchilar xonandaning ijtimoiy tarmoqqa joylagan suratini ko‘rsatib, undagi yigit aynan kuyov ekanini aniqlashtirishdi. Maftuna bu savolga qisqa qilib: “Ha, shu”, — deya tasdiq berdi.

Shundan so‘ng kuyovning kimligi haqida savollar yomg‘irdek yog‘ila boshladi. “U turkiyalikmi yoki o‘zbekmi?” degan savolga xonandaning dugonasi Aziza javob berib: “Yo‘q, turkiyalik emas, o‘zbek — o‘zimizdan”, — deya aniqlik kiritdi.
Biroq kuyovning ismi va qayerdan ekanligi haqida xonanda hozircha oshkor qilishni istamadi. “Hozircha sir, keyin bilasizlar”, — deya bu mavzuni ochiq qoldirdi.
Mazkur yangilik ijtimoiy tarmoqlarda tezda tarqalib, muxlislar orasida katta qiziqish uyg‘otdi. Endi esa ko‘pchilikni bitta savol qiynamoqda: xonandaning sirli kuyovi kim?
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!