Frantsuz rejissyori Olive Assayas tomonidan suratga olinadigan «Kreml sehrgari» filmida britan aktyori Jud Lou Vladimir Putinning yoshligini oʻynaydi. Bu haqda Deadline xabar berdi.
Siyosiy trillerning syujeti yozuvchi Juliano da Empolining shu nomli asariga asoslangan. Voqea markazida — Putin katta siyosatga kirib kelishi arafasida 1990-yillarda u bilan ishlagan siyosiy strateg Vadim Baranov.
Oʻz roliga toʻxtalarkan, Lou loyihaga tayyorgarlik endigina boshlanganini aytdi. «Hozir bu Everestga koʻtarilishga oʻxshaydi. Togʻ etagida turibman-da, oʻylayman: «Ey Xudoyim, nimalar qilyapman», — iqror boʻldi aktyor.
Vadim Baranov roliga Britaniyaning «Urush va tinchlik» (2016) filmida Per Bezuxovni oʻynagan Pol Dano tanlangan.
Jud Lou — rus obrazlari ustasi. Uni Vasiliy Zaytsev («Ostonadagi dushman», 2001), Aleksey Karenin («Anna Karenina», 2012) qiyofalarida ham koʻrganmiz. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Nega Alla Pugachyova yolgʻiz qoldi? Sababi ma'lum boʻldi
Choʻlponning oʻris xotini yoxud «Yuraklar boshqa, tilaklar boshqa...»
Miyani charxlashga yordam beradigan 6 ta detektiv film (treyler)
Qanday qilib koreys seriallari butun dunyoga ta'sir oʻtkazmoqda?
“Kalmar oʻyini”ning ekshn sahnalaridan birida operator koʻrinib qoldi (video)
Tramvay ostida qolib vafot etgan “hindular sarkardasi” — Sergey Tixonovning ayanchli taqdiri