O‘zbekiston xalq artisti Yulduz Usmonova fevral oyida o‘tkazilishi kutilayotgan 20 kunlik konsert dasturi oldidan OAV xodimlariga intervyu berdi hamda ularni qiziqtirgan ko‘plab savollarga javob berdi.
Rasmimga bolta otib o‘tiradiganlar bor
— Yaqinda bir konsert bannerida meni rasmimni kichkina qilib, bitta xonandani tagiga qo‘yib qo‘yishgan ekan. Menga shu gapni aytib kelishdi, “Rasmimni menga desa bannering orqasiga qo‘ymaydimi, gonorarimni berishsa bo‘ldi”, dedim. Ko‘pchilik rasmni katta qilib qo‘ysam men uning ustiga chiqib oldim, deb o‘ylaydi. Bu rasm. Hayotda ro‘paramga kel, sen oyoqni tagida qolasan. Hammaning o‘z o‘rni bor. Sen ro‘paramga kelsang, men senga joyingni ko‘rsataman. Lekin sen rasm bilan olishadigan bo‘lsang, nima foydasi bor? Men bilaman, o‘zimning hamkasblarim orasida rasmimni qo‘yib, bolta otib o‘tiradiganlar, nina tiqib o‘tiradiganlar bor. Uyimga kelib qanchasi otib ketadi. Men Allohga shukur qilaman, ular rasm bilan olishyapti. Agar mard bo‘lsa, Allohdan qo‘rqsa kelsin, men ularga joyini ko‘rsatib qo‘yaman.
Foto: “Daryo”
— Meni yuvosh bo‘ldi, hojiona bo‘ldi, deb o‘ylashadi. Men hojiona bo‘lib o‘zimni ushlagandirman, lekin joyi kelsa haliyam kuch-quvvatim yetadi, gapimniyam gapiraman, kerak bo‘lsa qo‘lim bilan joyiga ham o‘tqizaman, kallasini ham yorib qo‘yaman. Chunki yaxshi gapga quloq solmagan odam kaltak bilan odam bo‘ladida. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar