15:34 / 31.10.2016
11 152

Farhod Alimovning 29 oktyabr kuni xonanda Rayxonga uylanayotgani emas, to‘yda boshlovchilik qilayotgani isbotlandi

Farhod Alimovning 29 oktyabr kuni xonanda Rayxonga uylanayotgani emas, to‘yda boshlovchilik qilayotgani isbotlandi

Estradamizning latofatli, go‘zal xonandasi Rayhon G‘anieva va boshlovchi Farhod Alimovning turmush qurayotganlari bilan bog‘liq xabarlar o‘tgan haftaning eng shov-shuvli mavzusiga aylandi, desak mubolag‘a bo‘lmaydi.

OAVda ularning 29 oktyabr kuni turmush qurayotgani haqidagi maqolalardan so‘ng, telefon orqali bog‘lanib, kuyov bo‘lmish, Farhod Alimovdan “29 oktyabr kuni haqiqatdan ham to‘ymi?”, deb so‘raganimizda, u ayni xabarni rad etdi.

“Yaxshi, unda 29-oktyabr kuni nima bilan band bo‘lasiz? degan savolimizga esa u “O‘sha kuni Yakkasaroy to‘yxonasida bo‘ladigan to‘y tadbirida boshlovchiman”, deya javob bergandi.

Ushbu xabarni e’tiboringizga havola etganimizdan so‘ng, maqola boshqa ijtimoiy tarmoqlarda ham tez fursatda tarqaldi. Garchi Farhod Alimov 29 oktyabr kuni odatiy ish kuni ekanini aytgan bo‘lsada, muxlislarning aksariyati to‘y aynan o‘sha sanada bo‘layotgani, bu gaplar odamlar e’tiborini jalb qilmaslik uchun aytilayotgani haqidagi fikrlarni bildirdi.

29 oktyabr kuni kechki soatlarda Farhod Alimov tahririyatimizga Yakkasaroy to‘yxonasida aktrisa, boshlovchi Dilnoza Kubaeva bilan hamkorlikda to‘y tadbirini olib borayotgan tasvirlangan fotosuratlarni yubordi. Biz muxlislar ichida “surat qalbaki" deguvchilar topiladi, degan fikrda suratlarni e’tiboringizga havola etmadik.

Kecha, 30 oktyabr kuni esa u ayni suratni o‘zining Instagram’dagi sahifasiga joylashtirdi va suratkashga ajoyib suratlar uchun minnatdorchilik bildirdi.

Bu esa 29-oktyabr kuni Yakkasaroy to‘yxonasida boshlovchilik qilishi haqidagi so‘zlarining rost ekanini tasdiqlaydi.

Sodiq muxlislar, ayni fotolardan so‘ng, Rayhon G‘anieva va Farhod Alimovning to‘y tadbiridan bexabar qoldik deb, xavotir olib o‘trmang. To‘y kelayotgan yaqin oylar ichida bo‘lishi kutilmoqda. Bu to‘y haqida sizga albatta xabar beramiz.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Madaniyat » Farhod Alimovning 29 oktyabr kuni xonanda Rayxonga uylanayotgani emas, to‘yda boshlovchilik qilayotgani isbotlandi