00:02 / 09.02.2025
86

Rossiya Kane Uestning mamlakatga kirishini taqiqlashi mumkin

Rossiya Kane Uestning mamlakatga kirishini taqiqlashi mumkin
Rossiya Tashqi ishlar vazirligiga Kane Uestning mamlakatga kirishini taqiqlash talabi bilan murojaat yuborildi. Bu haqda SHOT Telegram-kanali xabar berdi.

"Rossiya veteralari" harakati vakillari amerikalik reperni persona non grata deb e'lon qilishni soʻrab, uning ijtimoiy tarmoqdagi soʻzlari jinoyat kodeksining natsizmni tiklash bilan bogʻliq moddalariga mos kelishini ta'kidlamoqda. Uest oʻz postlarida oʻzini natsist deb atagan va Gitlerga hayratini bildirgan.

Bundan oldin, Uest rossiyalik dizayner Gosha Rubchinskiy bilan hamkorligi toʻxtatilganidan keyin uni "doʻsti" deb atagan va "Rossiyada yana birga hordiq chiqarish" ni taklif qilgan edi. Bu bayonot Rubchinskiy Uestning Yeezy brendi bilan hamkorlikni yakunlaganini e'lon qilganidan soʻng paydo boʻldi.

Reperning keskin bayonotlari AQShda ham katta shov-shuvga sabab boʻldi. Musiqa tanqidchilari Uestni oʻz fikrlari uchun kechirim soʻrashga majbur qilishlari mumkin deb taxmin qilmoqda.

arenda kvartira tashkent
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Madaniyat