![Oʻzbekiston va Rossiya hukumatlari kino sohasida hamkorlik qilinadi](/uploads/posts/2025-02/4fe55634df_d615b5a1ad95f58bf5c39b38147077d2.webp)
Oʻzbekiston va Rossiya hukumatlari oʻrtasida kino sohasidagi hamkorlik toʻgʻrisidagi shartnoma tasdiqlandi.
«Xalqaro shartnomani tasdiqlash toʻgʻrisida»gi prezident qarori qabul qilindi.
Qarorga koʻra, Oʻzbekiston va Rossiya hukumatlari oʻrtasida birgalikda kino ishlab chiqarish sohasidagi hamkorlik toʻgʻrisidagi shartnoma tasdiqlandi.
Shartnoma 2024 yil 27 may kuni Toshkent shahrida imzolangan.
Madaniyat vazirligi ushbu xalqaro shartnomani amalga oshirish uchun mas'ul boʻlgan vakolatli organ etib belgilandi.
Vazirlar Mahkamasi hamda tegishli vazirlik va idoralarning rahbarlari ushbu xalqaro shartnoma kuchga kirganidan keyin uning qoidalari amalga oshirilishi ustidan belgilangan tartibda nazoratni ta'minlaydi. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
![arenda kvartira tashkent](/uploads/d5fb3f5cdf_bisyor_banner_1000x100.webp)
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar