
Foto: YouTube
“Kalmar oʻyini” serialida bosh qahramon Son Ki Xun oʻyinlarda gʻolib chiqib, 45,6 milliard Janubiy Koreya voni yutib oladi. Bu taxminan 35-38 million AQSh dollari (kursga qarab)ga teng, deb xabar bermoqda Daryo nashri.
“Kalmar oʻyini”da sovrin jamgʻarmasi qanday shakllanadi?
Oʻyinlarda ishtirokchilar halok boʻlgach, ularning har biri uchun 100 million von (taxminan 75 ming AQSh dollari) mukofot jamgʻarmaga qoʻshiladi. Oʻyinlar davom etarkan yakunidan tushadigan pul asta-sekin koʻpayib boradi.
Mukofot puli shiftga osilgan katta shaffof shar ichida yigʻiladi. Har safar uning toʻlib borishini ishtirokchilar yuqoriga qarab kuzatib turadi. Bu vizual obraz serialning asosiy gʻoyalaridan biri — odamlarning hayoti pulga almashtirilayotganini yaqqol koʻrsatadi. Bu kuchli psixologik omil boʻlib, uni koʻrgan ishtirokchilar pul uchun oʻzaro raqobatga va hattoki bir-birini oʻldirishga ham boradi. Film shu tarzda insoniylik va axloq me'yorlarining pul uchun osongina buzilishini ochib beradi.
Pul baxt keltirdimi?
Serial davomida Son Ki Xun yutgan pullaridan dastlab foydalana olmaydi. Oʻyinlardan keyin kuchli ruhiy jarohat olgani sababli bir yil davomida pullariga deyarli tegmay yuradi. Keyinchalik u bir oz pul ishlata boshlaydi, ammo baribir yutgan boyligi unga chinakam baxt olib kelmaydi. Bu esa serialning asosiy gʻoyalaridan biri — pul hamma narsani hal qilmaydi, degan fikrni ilgari suradi. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar