19:38 / 19.02.2025
4 646

Aktrisa Barchin Gʻofurovani ismini oʻzgartirishga nima majbur qilgan?

Aktrisa Barchin Gʻofurovani ismini oʻzgartirishga nima majbur qilgan?
“Baxt ovchisi” serialidagi obrazi bilan tomoshabinlar e'tiboriga tushgan aktrisa Barchin Gʻofurova “Sayyod” YouTube kanaliga bergan intervyusida bundan bir necha yil avval ismini oʻzgartirishiga sabab boʻlgan voqea haqida aytib berdi.

— Ba'zi insonlarga ismi ogʻir keladi. Bundan bir necha yil avval men Umida edim, ma'lum sabablarga koʻra ismimni oʻzgartirishimga toʻgʻri kelgan.

Gap shundaki, bir yigit bilan 9 yil sevishib yurganmiz. Uning oila a'zolari meni kelin qilishni istamagan. Aktrisa boʻlganim uchun meni xohlashmagan. Shuning uchun ham ismimga “issiq-sovuq” qilishgan. Issiq-sovuqdan keyin men juda ogʻir ahvolga tushib qolganman. Buni biz tomonda “vos-vos” deyishadi. Bu narsa ta'sirida bir necha marta oʻz jonimga qasd qilishga urinib, tomirimni ham kesganman.

Bu juda ogʻir vaziyat ekan. Ishonasizmi, mana yoʻl turibdi, men yoʻlning oʻrtasida turib, mashinaning tagiga oʻzimni tashlasam, qanday qilib oʻlaman, deb oʻylaydigan boʻlib qoldim. Onam olib bormagan shifokori qolmadi, oxiri ular ham “Bu bizning kasalimiz emas” deyishdi.

Hushim oʻzimda emas. Oʻsha yillari toʻyga chiqardim, miyam bitta oʻchib yonib, qoʻshib kuylab turgan joyimda “Bu erda men nima qilyapman?”, deb oʻylaydigan boʻlib qoldim.

Qulogʻimga kimdir “Oʻzingni oʻldir”, deb shivirlagan paytlari boʻlgan. Shu tarzda 2018—2019 yillarda ismimni Barchinga oʻzgartirganman, deydi aktrisa.

arenda kvartira tashkent
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Madaniyat