
Prezidentning “O‘zbekiston xalq artisti G‘ulomjon Yoqubovni mukofotlash to‘g‘risida”gi farmoni qabul qilindi. Bu haqda O‘zA xabar berdi.

Farmon bilan, G‘ulomjon Yoqubov milliy qo‘shiqchilik san’atimizni rivojlantirish borasidagi xizmatlari, ijtimoiy hayotdagi faol ishtiroki uchun “Buyuk xizmatlari uchun” ordeni bilan taqdirlandi.
Toshkentdagi “Xalqlar do‘stligi” san’at saroyida G‘ulomjon Yoqubov tavallud sanasi munosabati bilan katta konsert dasturi bo‘lib o‘tdi.
Unda Senati raisi Tanzila Norboyeva mukofotni san’atkorga topshirdi. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar